Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ilm fan bo'limi boshlig'i

20 Noyabr 2023, 13:42 3939

“Olmaliq KMK” АJ Ilm-fan va innovatsiya bo'limi boshlig'i lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi - ish natijadorliga qarab belgilanadi;
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: ilmiy sohada kamida 5 yil;
  • Ish bilan ta'minlanish: to'liq ish vaqti.

Majburiyatlar:

  • Bo`linmalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkiliy va buxgalteriya hisobi bilan ta'minlash, ilmiy tadqiqotlarni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam ko'rsatish;
  • Bo'linmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini (ITI) rejalashtirish va o'tkazishni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam ko'rsatish;
  • Bo'linmalar tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini (ITI) rejalashtirish va o'tkazishni tashkil etishda uslubiy va texnik yordam ko'rsatish, ochiq ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga olish tartibiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash;
  • Bo`limda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotni tashkil etish va qabul qilish, hisobot hujjatlarining davlat standarti talablariga muvofiqligini nazorat qilish;
  • Bo‘limning istiqbolli va yillik ish rejalari loyihalarini ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;
  • Rejada ko'zda tutilgan topshiriqlar, shartnoma majburiyatlari bajarilishini,shuningdek,mutaxassislar tomonidan bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish;
  • Normativ talablarga,hujjatlarning to'liqligi va sifatli bajarilishini, uni tasdiqlashning belgilangan tartibiga rioya etilishini ta'minlash;
  • Bajarilgan ishlar yuzasidan ilmiy hisobotlarni universitet ilmiy kengashiga taqdim etish;
  • Patentlar-litsenziyasi va ixtirochilik faoliyati holatining yillik tahlil qilish;
  • Ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro shartnomalar bajarilishini monitoring qilish;
  • Ilmiy faoliyat samaradorligini tahlil qilish, ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha yillik hisobotlarni taqdim etish, ilmiy kengash majlisiga materiallar tayyorlash;
  • Boshqa ta’lim va ilmiy-tatqiqot muassasalar bilan ilmiy hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalarni rasmiylashtirish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha axborot xatlari va uslubiy tavsiyalarni nashrga tayyorlashga ko‘maklashish;
  • Bo'lim faoliyati samaradorligini ta'minlash, ishchilarni oqilona joylashtirish, mutaxassislarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish choralarini ko'rish. Bo'lim xodimlarini boshqarish;
  • Mexnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong'in xavfsizligi talablariga rioya qilish;
  • Doimiy ravishda o`zining kasbiy malakasni oshirib borish.

Talablar:

  • Ma’lumoti – oliy kasbiy,texnika fanlari doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga,soha profiliga mos keladigan tashkilotda ilmiy, innovatsion va tashkiliy ish tajribasiga ega bo‘lishi,kamida 5 yil;
  • shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • ofis jihozlaridan foydalanish;
  • hamkasblar va qo'l ostidagilar bilan ishlash;
  • ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish;
  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
  • ish sifatini nazorat qilish;
  • ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish;
  • joriy va uzoq muddatli prognozlash;
  • smeta,hisob-kitoblarni tuzish.

Asosiy qobiliyatlar:

  • Ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va monitoring qilish tajribasi;
  • Ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni boshlash;
  • Xo'jalik shartnomalari va tadqiqot ishlarini olib borish uchun tanlovlar o'tkazish tartibini bilish va tushunish;
  • Investitsiya, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshirishni tartibga soluvchi qonunchilik va normativ hujjatlarni bilish;
  • Belgilangan vazifalarni o'z vaqtida bajarish, muzokaralar olib borish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni hal qilish;
  • Muloqot qobiliyatlari, harakatchanlik, stressga chidamlilik, punktuallik.

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga,Toshkent viloyati,Olmaliq shahriga ko`chib o`tish taklif etiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
  • Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 
    2023-yil 20-noyabrdan 29-noyabrgacha quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • mehnat daftarchasi;
    • diplom

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Bo`lishmoq:
Text to speech