• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Investitsiya departamenti boʻsh ish oʻrni

18 Noyabr 2022, 17:35 5438

“Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatining Investitsiya departamentiga quyidagi bo’sh ish o’rni uchun rezyumelar qabul qilinadi:

Investitsiya departamenti boshlig’i

 Oylik ish haqi: Faoliyatinung natijadorligi asosida belgilanadi.

Kerakli ish tajribasi:   Texnik-iqtisodiy rejalashtirish sohasida kamida 5 yil (Sanoat korxonalarida ish tajribasi boʻlishi maqsadga muvofiq).

Toʻliq bandlik: toʻliq kun

Vazifalari:

  • ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarga muvofiqligi yuzasidan texnik audit o‘tkazilishini tashkil etish, uning natijalari bo‘yicha mavjud ishlab chiqarish asbob-uskunalari va texnik jarayonlarni modernizatsiya qilish loyihalarini boshlash va ishlab chiqish;
  • yangi turdagi mahsulotlarni mahalliylashtirish va ishlab chiqarish loyihalarini boshlash bo‘yicha takliflar kiritgan holda mahsulot ishlab chiqarish va potentsial o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan nomenklaturaning marketing tadqiqotlarini o‘tkazishni tashkil etish;
  • xorijiy ishlab chiquvchi tashkilotlar va zamonaviy texnologiyalar egalari bilan hamkorlikni aniqlash va tashkil etishni ta’minlash, yangi turdagi mahsulotlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun zarur strategik sherik sifatida jalb qilishning maqsadga muvofiqligini o‘rganish;
  • loyihalar ro‘yxati va ularni moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan holda tarmoqlar va tashkilotlarni, shu jumladan mahsulotlarni mahalliylashtirishni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan modernizatsiya va rivojlantirish dasturlarini har yili yangilab borish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • xorijiy tashkilotlar bilan ularni rivojlantirish va modernizatsiya qilish davlat va tarmoq dasturlariga, yillik investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni strategik sheriklar sifatida amalga oshirishga jalb etish maqsadga muvofiqligini o‘rganish maqsadida tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • rivojlanish va modernizatsiyalash, davlat va tarmoq dasturlariga, yillik investitsiya dasturiga kiritilgan obyektlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • tanlov (tender) savdolarini tashkil etish va loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq kontraktlar tuzishga tayyorgarlik ko‘rish;
  • loyihalarni amalga oshirish uchun monitoring qilish;
  • loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan xorijiy investorlar va kreditorlar bilan kelishilgan holda ularni amalga oshirish jadvallariga qat’iy, o‘z vaqtida muvofiq ravishda va samarali amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • loyihalarni amalga oshirish guruhlari ishini muvofiqlashtirish;
  • Investitsiya muhitini yaxshilash va tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash va kiritish. 

Talablar:

  • Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish sohasida ish tajribasiga ega bo’lishi kerak;
  • Investitsion loyihalar bo’yicha taklif kiritish;
  • Korxonada xarid qilish jarayonini bilish va tushunish;
  • Investitsiya, moliya, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni bilish.
  • Rahbariyat yuklagan vazifalarni o’z vaqtida bajarish, muzokaralar olib borish, muammolarni hal qilish;
  • Korporativ maslahatchi muloqotchan, harakatchan, stressga bardoshli, punktual bo’lishi kerak.

Аsosiy ko‘nikmalari:

  • shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • ofis jihozlaridan foydalanish;
  • hamkasblar va bo'ysunuvchilar bilan ishlash;
  • biznes muzokaralarini olib borish;
  • boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
  • ish sifatini nazorat qilish;
  • ziddiyatli vaziyatlarni hal qilish;
  • joriy va uzoq muddatli prognozlash;
  • hisob-kitoblarni tuzish;

Shartlar:

  • muvaffaqiyatli nomzodni Oʻzbekistonga, Olmaliqqa koʻchirish taklif etiladi;
  • hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida  2022 yil 18 noyabrdan  quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB olish 

Bo`lishmoq:
Text to speech