Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Investitsiyalar departamenti boʻsh ish oʻrni

18 Iyul 2023, 10:9 10335

“Olmaliq KMK” AJ Ijro apparatining Investitsiyalar departamentiga quyidagi boʻsh ish oʻrinlari uchun rezyumelar qabul qilinadi:

Investitsiyalar departamenti boshlig'i

  • Oylik ish haqi - “Olmaliq KMK” AJ Investitsiyalar departamenti boʻyicha shtat jadvaliga muvofiq.
  • Kerakli ish tajribasi: Texnik-iqtisodiy rejalashtirish sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlishi kerak. (Sanoat korxonalarida ish tajribasi boʻlsa maqsadga muvofiq).

Vazifalar:

  • Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va monitoring qilish sohasida ish tajribasiga ega boʻlishi kerak;
  • Investitsion loyihalar boʻyicha taklif kiritish;
  • Korxonada xarid qilish jarayonini bilish va tushunish;
  • Investitsiya, moliya, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni bilish.
  • Rahbariyat yuklagan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish, muzokaralar olib borish, muammolarni hal qilish;
  • Korporativ maslahatchi muloqotchan, harakatchan, stressga bardoshli, punktual boʻlishi kerak.

Malakaviy talablar:

  • Ma’lumoti: Oliy iqtisodiyot yoki muhandislik-iqtisodiyot;
  • Ish tajribasi: Texnik-iqtisodiy rejalashtirish sohasida kamida 5 yil ish tajribasiga ega boʻlishi kerak. (Sanoat korxonalarida ish tajribasi boʻlsa maqsadga muvofiq)

Shartlar:

  • Ish jarayonida hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun,
ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash
maqsadida  2023-yil 18-iyuldan quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB olish

Bo`lishmoq:
Text to speech