• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

2-toifali muhandis-konstruktor

29 Fevral 2024, 16:9 1825

2024-yil 1 martdan 7 martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Loyiha ishlarini boshqarmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi — “Olmaliq KMK” AJ tarif setkasi boʻyicha aniqlanadi;
  • Talab qilinadigan ish staji: muhandis-texnik lavozimlarda;
  • Ish bilan taʼminlash: toʻliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

Tenologik  bo'lim

  • Loyiha ishlarini, loyihaning ma'lum bir qismini belgilangan muddatda va sifatli  bajarish;

Loyihalarni elektrotexnik  qismlarini  ishlab chiqish bo`yicha sektor

  • Loyiha ishlarini, loyihaning ma'lum bir qismini belgilangan muddatda va sifatli bajarish;
  • Bo'limlar bo'yicha texnik hisob-kitoblarni, tushuntirish yozuvlarini va ishchi chizmalarini to'liq bajarish: elektr yoritish, elektr jihozlari, topografiyalarda loyihaning majburiy va bo`lakli chizmalarini bajarish;

Arxitektura-qurilish bo'limi

  • Loyiha ishlarini, loyihaning arxitektura-qurilish qismini belgilangan muddatda va sifatli bajarish;

Transport va bosh loyiha sektori

  • Loyiha ishlarini, loyihaning ma'lum bir qismini belgilangan muddatda va sifatli bajarish;
  • Grafik jamlanma chizmalarini, ishchi loyihalarini va kompleks loyihalarning  texnik hisobini ishlab chiqarish.

Talablar:

  • Jamoada ishlashda o'zaro hurmatni saqlash.
  • Ta'lim: oliy kasbiy (texnik).
  • Ish staji: muhandislik-texnik lavozimlarda kamida 1 yil.
  • O'zbek tili va grammatikasini mukammal bilish.
  • Chet tillarini bilishi eʼtiborga olinadi.                                            

Asosiy  ko'nikmalar:

  • Loyihalash;
  • Joriy ishlarni rejalashtirish, ishlarni tahlil qilish;
  • Ishbilarmonlik muzokaralarini olib borish;
  • Kompyuter uskunalarini boshqarish, AvtoKAD dasturida mustaqil ishlash;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (IKT) foydalanish.
  • Ofis  jihozlaridan foydalanish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech