• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

1-toifali muhandis dasturchi

01 Aprel 2024, 16:30 6393

2024-yil 2 apreldan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi – 3.200.000 dan boshlanadi. (Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyat qozongan nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi);
  • Talab qilinadigan ish staji: ish staji talab qiliinmaydi;
  • Bandligi: to’liq ish kuni.

Majburiyatlari

  • Foydalaniladigan dasturiy ta’minotni ishonchli ishlashini ta’minlash;
  • Avariya xolatlarida dasturiy ta’minotni sifatli va tez tiklanishini ta’minlash;
  • Dasturlash sektorining ish rejasi bajarilishini ta’minlash;
  • Mehnat unumdorligini oshirishga ko‘maklashuvchi texnologik jarayonlarda hisoblash texnikalarini qo‘llashning ilg‘or usullarini joriy yetish;
  • Sog‘liqni saqlash va mehnat xavfsizligini ta’minlash menejmenti tizimining ish xolatida bo‘lishini va doimiy ravishda takomillashtirilishini ta’minlash;
  • Texnologik jarayonni boshqarish algoritmlarini, texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarni hisoblash algoritmlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish;
  • Mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash;
  • Fan yutuqlari, texnologiya va eng yaxshi amaliyotlar, innovatsiya takliflari va ixtirolaridan keng foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etish vaqtini qisqartirish.

Qo’yiladigan talablar va ko’nikmalar

  • Ma’lumot: Oliy sohalar bo’yicha (Boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish, informatika va axborot texnologiyalari, korxonalarni texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish) yoki yo’nalishlar bo’yicha sertifikatga ega texnik oliy ma’lumot (ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, ma’lumotlar bazasi hamda amaliy dasturlash tillari);
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Amaliy dasturlash tillari bo’yicha asosiy ko’nikmalar. Xar qanday dasturlash tillari bilan ishlash, masalan:
  • Web dasturlash PHP, JavaScript;
  • C# dasturlash tili;
  • Java dasturlash tili;
  • Mantiqiy kontrollerlar bilan ishlash, SCADA tizimlarini yaratish. Kontrollerlar bilan ishlovchi Step7, TIAPortal, WinCC, CodeSYS dasturlarini bilish;
  • Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash ko‘nikmalari;
  • SQL ma’lumotlar bazasi xamda so‘rov buyruqlari bilan ishlash;
  • Mantiqiy masalalar bilan ishlash;
  • Tarmoq texnologiyalari bilan ishlash, TCP IP ma'lumotlar uzatish tarmog'ining tuzilishi;
  • Texnik xujjatlar bilan ishlash xamda xisobot tayyorlash;
  • Axborot tizimlarini joriy qilish va texnik ta’minlash ko‘nikmalari;
  • Ta’limga moslashish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar

Bo`lishmoq:
Text to speech