Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Jihozlarni taʼmirlash boʻyicha navbatchi elektrchilangar (chilangar)

20 Iyun 2025, 14:50 1904

2025-yilning 20-iyundan 30-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ohak zavodiga rezyumelar qabul qilinadi:

  • Ma’lumoti: oʻrta maxsus, oliy.
  • Ish tajribasi: mutaxasislik bo‘yicha 1-yil.

Talablar:

  • Mavjud malaka guruhida nazarda tutilgan miqdorda isteʻmolchilarning elektr inshootlarining Elektr qurilmalarning tuzilish qoidalar , Istemolchilar elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilish qoidalari va Istemolchilar elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik qoidalari elektrotexnika asoslarini bilish;
  • Har xil turdagi va tizimlarning yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini qismlarga ajratish, yigʻish, oʻrnatish va kapital ta’mirlash qobiliyati;
  • Birlamchi va ikkilamchi kommutatsiya va masofadan boshqarishning ayniqsa murakkab sxemalari bilan sexning ishlab chiqarish elektr qurilmalariga xizmat koʻrsatish;
  • Har xil turdagi va tizimli elektr mashinalarini qismlarga ajratish, yigʻish, kapital ta’mirlash va markazlashtirish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
  • Kabel tarmoqlarini oʻrnatish va ta’mirlash qobiliyati;
  • Kabelni boʻshatish, kesish, yotqizish, kirish moslamalari va muftalarni oʻrnatish;
  • Komponentlar va qismlarni ishlab chiqarish bilan kommutatsiya uskunalarini ta’mirlash va oʻrnatish;
  • Izolyatsiya sinfiga ega, majburiy sirkulyatsiya va yuklanish ostida kuchlanishni tartibga solish moslamasi boʻlgan ikki va uch choʻlgʻamli quvvat transformatorlarini ta’mirlash;
  • Ta’mirlangan uskunani ishga tushirish uchun tayyorlash;
  • Prinsipial va montaj elektr sxemalarini oʻqish;
  • Elektr o‘lchov asboblari bilan oʻlchovlarni bajarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech