Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Kir yuvish bo‘yicha mashinisti

21 Oktyabr 2025, 13:10 618

2025-yilning 21-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi, Jizzax viloyati “Zomin” tumani Duoba qishlog‘ida joylashgan dam olish maskaniga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlari

  • Кir yuvishda sanitariya-gigiyena me'yorlari va talablariga muvofiq sanitariya rejimiga;
  • Кir yuvish mashinasini ishlatish yo'riqnomasi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga;
  • Kirlarni, ish kiyimlarni, sochiqlarni, oshxona anjomlarini, ishlab chiqarish buyumlarini qo'lda va kir yuvish mashinasida o'z vaqtida va sifatli yuvish, quritish, dazmollash, kerak bo'lganda qaynatib olish;
  • Yuvishning barcha turlari sanitariya-epidemiologiya talablariga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirish;
  • Turli xil kirlar uchun yuvish rejimlarini aniqlash va o'rnatish.

Talablar

  • Maʼlumoti: Oʻrta.
  • Ish tajribasi: kasbiy faoliyat boʻyicha malaka talab etilmaydi.

 Asosiy koʻnikmalar

  • Turli xil kirlar uchun yuvish rejimlarini aniqlash va o'rnatish;
  • Uskunani ishlatish yo'riqnomasiga qat'iy rioya qilish, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va uning xavfsizligi uchun javobgar, yuvish va dezinfektsiyalash eritmalarini tayyorlash;
  • Elektr jihozlari bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish;
  • Uskunani ko'rsatmalarga va yo’riqnomalarga muvofiq foydalanish.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech