Kran mashinisti
28 Yanvar 2025, 17:15
7436
2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Kvalifikatsion talablar:
- Ta'lim: o'rta maxsus;
- Ish staji: kamida bir yil;
- Texnik nosozliklar sabablarini aniqlash qobiliyati;
- Ko'priksimon kranlarini boshqarish;
- Turli xil yuk ko'tarish moslamalaridan foydalanish;
- Turli yuklarni yuklash, tushirish, tashish bo'yicha ishlarni bajarish;
- Yukning og’irligini tashqi ko'rinishiga qarab aniqlash;
- Yuklar, taralar, ehtiyot qismlarni, uskunalar va detallarni stropalash usullari.
Kasb majburiyatlari:
- Ko'prik va chorpoya kranlarini ishlashga tayyorlash;
- Ko'prik yoki chorpoya kranidan belgilangan tartibda kalit markasini olish;
- Ko'prik kranni boshqarish tizimining uskunalarini tekshirish va sinovdan o'tkazish orqali tekshirish;
- Yechiladigan yuk ko'tarish moslamalari va taralarni ko'tarilgan yukning massasi va tabiati, ularning yaroqliligi va markirovkasining muvofiqligini tekshirish;
- Kran osti yo'llari va yuk ko’tarish aravachani tekshirish;
- O'rnatish, yuklash va tushirish ishlarini bajarishda ko'priksimon va chorpoya kranlarini boshqarish;
- Ko'prik va chorpoya kranlari hududida odamlar va begona narsalarning yo'qligini nazorat qilish;
- Yukning mahkamlanishini nazorat qilish;
- Texnik ko'rikdan o'tkazish;
- Mexanizmlarning yaroqliligini nazorat qilish;
- Stropalovchi imo-ishoralariga rioya qilish;
- Mexanizmlarni moylash.
Asosiy vazifalar:
- Jamoada ishlash qobiliyati;
- Ishlab chiqarish tajribasi;
- Ko'prik va сhorpoya kranlarida ishlash bo'yicha o'quv kurslarini tugatish;
- Yuk ko'tarish kranlarini tuzilishi va ularni xavfsiz ishlatish qoidalari talablari;
- Yuklash va tushirish, tashish ishlarini bajarishda bilimga ega bolish.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).