Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Marksheyderlik ishlarida tog‘ ishchisi

01 Iyul 2025, 13:20 1570

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Geodezik va marksheyderlik asboblari hamda o‘lchov vositalarining nomlanishi, vazifasi va ulardan foydalanish qoidalari, yer relyefi haqidagi asosiy tushunchalar, qazilma qatlamlarining joylashuvi, kon yo‘llarining tuzilishi va maqsadi haqida bilimga ega bo‘lish;
  • Eng oddiy marksheyderlik rejalari va chizmalarini o‘qiy olish, ish bajarishda signal berish tizimini bilish, asbob va uskunalarning saqlanishi, berilishi va qaytarilishi tartibini bilish;
  • Mehnatni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, ishlab chiqarish gigiyenasi va yong‘inga qarshi xavfsizlik qoidalari va normalariga rioya qilish.

Talablar:

  • Oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma’lumotga ega bo‘lish;
  • Mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi;
  • Marksheyder rahbarligida kon yo‘llarining yo‘nalishini o‘lchash, suratga olish, tekshirish ishlari, belgi, reykalar va bayroqlar o‘rnatish;
  • Asbob-uskunalarni ko‘tarish, ularni suratga olish ishlariga tayyorlash, o‘rnatish, tozalash va artib-chiqarish;
  • Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasida bilimga ega bo‘lish.

Asosiy ko‘nikmalar:

  • Ishbilarmonlik muloqoti;
  • Tashkiliy qobiliyatlar;
  • Hujjatlar bilan ishlash (mustaqil yozma xulosa bera olish);
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlay olish;
  • Ish faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalana olish;
  • Ofis texnikasi bilan ishlay olish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech