Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Gaz haydash dastgohlari mashinisti

16 Oktyabr 2025, 11:50 717

2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • OSFdagi TV-200-1,12M1-01 tipdagi turbokompressorlarni ekspluatatsiya qilish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha operatsiyalarni izchillik bilan amalga oshirish.
  • Nazorat oʻlchov priborlari va avtomat oʻchirgich, boshqaruv shiti, turbokompressorlar sozligini doimiy nazorat qilish.
  • Metal boʻlaklari, moylangan lattalar va chiqindilar toʻplanib qolishiga yoʻl qoʻymaslik
  • Turbokompressorlar joylashgan joyni tashqi va ichki hududini, shuningdek turbokompressorlarni toza va tartibli saqlash.
  • Turbokompressorlarning aylanuvchi qismlari va harakatdagi mexanizmlarga qoʻl tekkizmaslik, shuningdek Turbokompressor kuchlanish ostidagi tok oʻtkazuvchi qismlariga qoʻl tekizmaslik.
  • Nosozlik yoki avariya paytida IE №14 4-boʻlim ga muvofiq ishlarni amalga oshirish va smenadagi master, OSF bosh energetigiga bu haqda xabar berish.
  • Gaz xaydash dastgoxlari mashinistiga OSFdagi turbokompressorga xizmat koʻrsatish va ekspluatatsiya qilishda Mehnat muhofazasi va Texnika xavfsizligi yoʻriqnomasi qoidalariga amal qilishi, OSF ning oʻrnatilgan texnologik rejimiga amal qilishi kerak.
  • Xoʻjalik smenasida OSF rahbari farmoyishiga amal qilish.

Bilishi kerak:

  • Turli tipdagi turbokompressorlar, dvigatellar, murakkab yordamchi nazorat oʻlchov priborlari va avtomat oʻchirgichlarni bilishi.
  • Turbokompressorlar joylashgan joydagi , xavo quvurlari joylashuv sxemalarini.
  • Uskunalarni blokirovka qilish va ishlarni boshqarish uchun moʻljallangan avtomatik qurilmalarni joylashuv sxemasini.
  • Turbokompressorlarga xizmat koʻrsatuvchi asosiy texnik koʻrsatkichlarni.
  • Ishlatiladigan materiallar va elektr energiya sarfining meʼyorini.
  • Yongʻinni bartaraf etuvchi inventarlardan foydalanishni.
  • OSF ning avariyani bartaraf etish rejasini.
  • KTZM (Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar) ga munosabatda boʻlish.
  • Bosim ostida ishlovchi idishlarni va ularni xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarini.
  • Statsionar Turbokompressor qurilamalari, havo va gaz quvurlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarini.
  • Mavjud yoʻriqnomalarni va Mehnat muhofazasi va Texnika xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomalarni bilishi kerak.

Malaka talablari:

  • Turbokompressor qurilmasiga mustaqil xizmat koʻrsatish 18 yoshdan kichik boʻlmagan, sogʻlom, muvofiq dasturni oʻqigan, kompressor va turbokompressor qurilmasiga xizmat koʻrsatishga yoʻllanma beradigan ishonchnomaga ega boʻlgan shaxsga ruxsat etiladi.
  • Turbokompressor qurilmalarida ishlayotganda texnika xavfsizligi va yongʻin xavfsizligi qoidalarini bilishi, korxona rahbari buyrugʻi asosida tuzilgan komissiyada har yili kamida bir marta bilimi tekshirilishi kerak.
  • Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

pasport;

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech