Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tegirmon mashinisti

16 Oktyabr 2025, 10:40 697

2025-yilning 16-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" koniga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Tegirmon mashinisti rudani yanchish va sinflashni ketma-ketlik asosida bajaradi;
  • Sarflash bunkeridagi maydalangan rudani tasmali konveyerlar orqali qabul qiladi.
  • Maydalangan rudani bir meʼyorda berishni taʼminlaydi;
  • Yanchishga suv uzatishni bir meʼyorda berishni taʼminlaydi;
  • Klassifikatorlarga suv uzatishni taʼminlash;
  • Qum nasoslari bosimini nazorat qilib turadi;
  • Gidrotsiklon qum va sliv nasadkalarini tekshirish;
  • Yogʻlash tizimlarini tekshirish;
  • Jihozlar holatini doimiy kuzatib turish;
  • Konveyrlardan ruda toʻkilishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • Qum va slivlarning toshishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • Yogʻlarning tomishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • Tegirmonga masʻul rahbarlar (usta) koʻrsatmasiga asosan shar yuklash;
  • Shar qoldiqlarini tegirmon boʻlimidan koʻrsatilgan joyga chiqarish;
  • Texnologik parametrlarni, yanchilgan mahsulot zichligini kuzatish;
  • Tegirmon uzatish vali va venesli shesternasini yogʻlashni va taʼminlashni;
  • Kelayotgan rudalarning kattaligini kuzatib borish;
  • Taʼmirlash paytida pitatel yashigini qumdan tozalash;
  • Klassifikator va zumpflarni taʼmirlash paytida postellarini tashlab yuvish;
  • Zarur boʻlganda bunkerlarni tozalash (shurovka qilish);
  • Yanchilgan mahsulotni filtr boʻlimiga toshirmaslik;
  • Ruda yanchish texnologik yoʻriqnomasiga qatʼiy rioya qilish;
  • Sinxron dvigateli holatini kuzatish;
  • Tegirmon boʻlimidagi nazorat -oʻlchash asboblarining holatini doimiy kuzatib borish;
  • Sliv magistrallarini doimiy ish holatida tutish;
  • “Olmalaiq KMK”AJ da birkali tizimni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya etish;
  • Yuqorida koʻrsatilgan ishlarni bajarishda tegirmon mashinisti texnologik yoʻriqnoma talablariga isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari, isteʼmolchilarni elektrqurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari, hamda MM va XT yoʻriqnomasiga qatʼiy rioya qilishi shart.
  • Jihozlarda nosozlik va halokatli holatlar  aniqlanganda tegirmon mashinisti zudlik jihozlarni toʻxtatishi shart. Smena ustasiga (ish boshqaruvchiga) xabar berishi va nosozlikni vaqtida tuzatish uchun choralar koʻrish.
  • Xoʻjalik smenasida (OSF) rahbariyati (smena ustasi) koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarish.

Bilishi kerak:

  • Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni boʻlaklashdaishlarning xavfsizligi qoidalarini oʻzining yoʻnalishi boʻyicha.
  • Texnologik yoʻriqnoma;
  • O‘z kasbining MM va TX boʻyicha yoʻriqnomalarni;
  • Isteʼmolchilarni elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ПТЭ), isteʼmolchilarni elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi (ПТБ) qoidalari;
  • Avariyani bartaraf etish rejasi (ABER);
  • Olmaliq KMK AJ, Kovuldi koni ichki mehnat tartibi qoidalari;
  • Yongʻinga qarshi o‘t o‘chirish vositalardan foydalanishni;
  • Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarda birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatishni;
  • Xizmat koʻrsatilayotgan asosiy va yordamchi jihozlarini tuzilishi va ishlash prinsipi.

Malaka talablari:

  • Ma’lumoti — kamida o‘rta maxsus, o`rta, guvohnoma;.
  • Maxsus tayyorgarlik talab etilmaydi.
  • Tegirmon boʻlimidagi jihozlarning ishchi holatini toʻgʻri aniqlashni bilishi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech