• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Pnevmog`ildirakli kran KC-5363 mashinisti

20 Avgust 2024, 15:15 1704

2024-yil 20 avgustdan 27 avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Texnologik transport boshqarmasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Pnevmog`ildirakli kran mashinisti vazifasida kamida 2 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • yo`l varaqasi olish;
  • pnevmog`ildirakli kran butligini saqlash va ta`mirlash;
  • tibbiy ko`rikdan o`tish;
  • pnevmog`ildirakli kranni ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish;
  • korxonaning ichki mehnat tartib qoidalariga, ichki normativ qoidalariga va mehnat muhofazasi yo`riqnomalariga rioya qilishi.

Talablar:

  • o`rta yoki o`rta-maxsus ma`lumot;
  • Pnevmog`ildirakli kran mashinisti vazifasida kamida 2 yil;
  • В,С toifali haydovchilik guvohnomasi;
  • Pnevmog`ildirakli kranni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma (guvohnomada kran rusumi, yuk ko`tarish qobiliyati va kran indeksi ko`rsatilgan bo`lishi lozim);

Asosiy ko'nikmalar:

  • pnevmog`ildirakli krandan foydalanish texnik qoidalarini bilish;
  • pnevmog`ildirakli kranning qo`llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
  • texnik xizmat ko`rsatish tartib qoidalarini bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish;
  • kranlarda yuklarni bir joydan boshqa joyga ko`chirish qoidalarini bilish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • Hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • Pasport
  • Diplom
  • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech