• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Gaz xo’jaligi ustasi

25 Yanvar 2024, 16:49 489

2024-yilning 26-yanvaridan 4-fevraliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 1 yil
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifasi:

  • Sexning ritmik ishlashini tashkil etish, texnologik yo'riqnoma bilan tasdiqlangan asbob-uskunalarning texnologik ish rejimiga qat'iy rioya qilish. Xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish
  • Sexlarni kislorod, vodorod, tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash
  • Havfsiz mehnat sharoitlarini ta'minlash

Talablar:

  • Oliy texnik ta’lim
  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 1 yil ish tajribasi.
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)

Malaka talablari:

  • Ishchi jamoani boshqarish
  • Hujjatlar bilan ishlash.
  • Ish sifatini nazorat qilishni amalga oshirish
  • Iishlashni baholash.
  • Orgtexnika vositalaridan foydalanish.
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.
  • Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech