• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Korxonalarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha Ishlab chiqarish taʻlimi ustasi

14 Iyun 2024, 17:11 1843

2024-yilning 14-iyundan 21-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ O'quv markazi korxonalarda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha ishlab chiqarish taʻlimi ustasi yo'nalishi boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Ishlab chiqarish korxonalarida yoki taʻlim muassasalarida kamida 2 yillik staj;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayorlashning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
  • Ishchilar, rahbarlar va mutaxassislarning, shuningdek boshqaruv lavozimlari uchun kadrlar zaxirasida boʻlgan xodimlarning kasbiy malakasini oshirish boʻyicha oʻquv ishlarini tashkil qiladi;
  • Oʻquv-uslubiy hujjatlarni (oʻquv reja va dasturlarni) ishlab chiqadi;
  • Oʻqitish soatlari sonini hisobga oladi;
  • Oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha hujjatlarni tayorlaydi, oʻquv kurslari uchun dars jadvalini tuzadi;
  • Taʻlim oluvchilarning oʻzlashtirishi va davomatini, oʻtilayotgan darslarning tizimli va sifatli oʻtilishini, oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʻlimi yoʻriqchilarining oʻquv rejalar va dasturlarga amal qilishlarini, oʻquv kurslari va hisobot hujjatlarini yuritadi;
  • Taʻlim muassasalari oʻquvchilari va talabalarning amaliyotini tashkil qiladi;
  • Kadrlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha hisobot hujjatlarini yuritadi;
  • Yuqori tashkilotlarning hujjatlari, korxona rahbariyati va bevosita rahbarning buyruqlari, koʻrsatmalari va farmoyishlarining oʻz vaqtida nazorat qiladi va ijrosining taʻminlaydi;
  • Elektron hujjatlar aylanmasi boʻyicha ishlar olib boradi;
  • Zamonaviy taʻlim texnologiyalari, jumladan, axborot, shuningdek, raqamli taʻlim resurslaridan foydalangan xolda ishchilarni malakasini oshirishini tashkil qiladi;
  • Mehnatni muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qiladi.

Talablar:

  • Maʻlumoti:oliy.

Asosiy koʻnikmalar:

  • Texnikalar va meʻyoriy, rejali, hisobot hujjatlari bilan ishlash;
  • Dars tahlillarini olib borish;
  • Korxona xodimlarini oʻqitishni tashkil etish boʻyicha vazifalarni hal qilish;
  • Ishga doir suhbatlar oʻtkazish;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • Ishda axborot-komunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish;
  • Oʻquv dasturlar va rejalar ishlab chiqish;
  • Oʻquv uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech