• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Qurilish montaj ishlari bo‘yiicha usta

15 Oktyabr 2024, 13:57 2775

2024-yilning 16-oktabrdan 20-oktabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ  “Olmaliqmetallurgqurilish” trestiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Majburiyatlari:

  • Eng kam moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar bilan belgilangan maqsadlarni bajarish
  • Mehnat unumdorligi va bajarilgan ishlar sifatini oshirish va qurilish-montaj ishlarining tannarxini pasaytirish
  • Mehnatkashlarda jamoaviylik, topshirilgan ish uchun yuksak mas'uliyat tuyg'ularini tarbiyalash
  • Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va sanoat xavfsizligini ta'minlash va shart-sharoitlarni yaratish

Talablar:

  • Qurilish mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumoti
  • Qurilish soxadasida 2 yildan kam bo‘lmagan ish staji

Asosiy ko'nikmalari:

  • Qurilish sohasida tajriba (chizmalarni o'qish va boshqalar)
  • Ishlab chiqarishni tashkil etish
  • Bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilishni amalga oshirish
  • Smeta xujjatlarini rasmiylashtirish
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash
  • Bajarilgan ishlarni  dalolatnomalarini tuzish (F-2, F-3) va uning xisobotini olib borish

Shartlar:

  • Muvaffaqiyatli nomzodga kelgusida mehnat faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyatida ish taklif etiladi
  • Hamkorlikning keyingi shartlari mehnat shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech