Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Musiqa rahbari

21 Oktyabr 2025, 10:40 502

2025-yilning 21-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Maktabgacha ta`lim muassasasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Davlat o‘quv dasturi hamda maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat standartlarini bilish;
  • Musiqiy faoliyatning turli shakllari va turlaridan, shuningdek zamonaviy pedagogik texnologiyalar, AKT, ilg‘or pedagogik tajribadan foydalangan holda bolalarda musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirishni amalga oshirish;
  • Pianinoni chalish texnikasini professional tarzda o‘zlashtirish. Musiqa mashg‘ulotini uslubiy talablarga, kun tartibiga, faoliyatlar jadvaliga, bolalarning yoshiga muvofiq o‘tkazish;
  • Bolalar uchun bayram, ertalik, ko‘ngil ochish soatlari va tematik mashg‘ulotlar uchun tayyorgarlik ko‘rish, zarur atributlar bilan ta’minlash;
  • Har bir bolaga nisbatan shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish;
  • Amaldagi o‘quv dasturiga muvofiq bolalarni musiqiy faoliyatning turli xil turlari bilan tanishtirish, musiqani hissiy idrok etishni shakllantirish, qo‘shiq aytish, bolalar musiqiy asarlarini ijro etish, musiqiy va ritmik harakatlar, bolalarning yoshiga mos musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

Talablar:

  • Ma’lumot – o‘rta maxsus yoki oliy musiqiy ta’lim;
  • Ish tajribasi: 3 yildan kam bo‘lmagan maktabgacha ta’lim tashkilotida  ish staji;
  • Fortepianoni chalish;
  • Bolalar bilan muloqot qilish;
  • Ota-onalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
  • Foydalanuvchi darajasida shaxsiy kompyuterdan foydalanish;
  • Ish faoliyatida axborot-kommunikativ texnoligiyalardan foydalanish (AКТ);
  • Orgtexnikadan foydalanish;
  • Bandligi: to‘liq ish kuni.

 Asosiy ko`nikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech