• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nanotexnologiyalar, kompozit va istiqbolli materiallar laboratoriyasi bo‘limi boshlig`i

20 Oktyabr 2023, 11:10 556

“Olmaliq KMK” АJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Nanotexnologiyalar, kompozit va istiqbolli materiallar laboratoriyasi bo‘limi boshlig`i lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 5 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifasi:

  • Mavjud texnologiyalarni takomillashtirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish;
  • Ishlab chiqarishning texnik darajasini, mahsulot sifatini oshirish, import qilinadigan xom ashyo va materiallarni mahalliylashtirish maqsadida kombinat korxonalarida ilmiy ishlanmalarni joriy etishda ishtirok etish;
  • Texnogen tuzilmalar va yangi xom-ashyo manbalarini qayta ishlashga jalb qilish

“Olmaliq KMK” AJ bo`linmalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini kengaytirish.

  • Boshqarma tomonidan bajarilgan va ishlab chiqarishga joriy qilingan ishlardan maksimal iqtisodiy samara olish;
  • Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimining ish tartibida saqlanishi va doimiy ravishda takomillashtirilishini ta'minlash.

Talablar:

  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 5 yil ish tajribasi;
  • Maʼlumot - “Metallurgiya”, “Kimyoviy texnologiya”, “Yangi materiallarning materialshunoslik texnologiyasi” yoʻnalishlari boʻyicha oliy texnik maʼlumot, ilmiy darajaning mavjudligi;
  • Word, Excel dasturlarida ishlash qobiliyati;
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.);
  • Funksional vazifalarni bajarishga tegishli qonunlar, uslubiy adabiyotlar, hujjatlarni bilishi kerak.

Malaka talablar:

  • Ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Tadqiqot ishlari samaradorligini baholash;
  • Tadqiqot ishlarining rejalari, dasturlarini tuzish;
    • Yangi texnologiyalarni ishlab chiqish;
    • Ilmiy tadqiqotlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblash;
    • Tahliliy ma'lumotlarni qayta ishlash;
    • Hujjatlarni hisobga olish va saqlash;
    • Shaxsiy kompyuter bilan foydalanuvchi darajasida ishlash;
    • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
    • Orgtexnika vositalaridan foydalanish.

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
    • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

      Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 21 oktyabrdan 9 noyabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

      Rezyumelarga biriktirish lozim:

      • mehnat daftarchasi;
      • diplom

      Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

      Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

      Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech