Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

NO‘AvaA chilangari

01 Iyul 2025, 13:1 1235

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Talablar:

  • Avtomatlashtirish, elektronika va elektrotexnika bo’yicha o'rta maxsus ma’lumot;
  • Mutaxassislik bo'yicha ish tajribasi afzallik sifatida baholanadi;
  • Nazorat va o'lchash asboblarining maqsadi va qo'llanilishini bilish;
  • Avtomatlashtirish sxemalarini o'qiy olishi;
  • Funksional avtomatlashtirish sxemalarini o'qiy olishi;
  • Xizmat ko'rsatiladigan uskunalarni diagnostika qilish qoidalarini bilish;
  • O'lchangan qiymatlarning aniqligiga omillarning ta'sir ko’rsatuvchi parametrlarini bilish;
  • Sinov paytida natijalarni olish tamoyillarini bilish;
  • Tegishli vositalar va jihozlardan foydalanish qoidalarini bilish;
  • Elektrotexnika, elektronikaning nazariy asoslarini bilish.

Asosiy vazifalari:

  • NO’A uskunalarining uzluksiz ishlashini taminlash;
  • Ishlab chiqarish avtomatikasini tartibga solish;
  • Ishlab chiqarish avtomatikasining holatini nazorat qilish;
  • Avtomatik qurulmalarni nazorat qilish va tartibga solish;
  • Texnik xizmat korsatish boyicha ishlab chiqarish rejalarini bajarish.

Ko‘nikmalar:

  • Avtomatik bloklarni tekshirish va sozlash;
  • Murakkab elektron kuchaytirgichlarni,boshqaruv bloklarini tekshirish va sozlash.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech