• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika ustasi

01 Aprel 2024, 8:47 2624

2024-yil 1 apreldan 7 aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

Talablari

  • Ma'lumoti: oliy yoki o'rta maxsus texnik;
  • Ish tajribasi: Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo'yicha kamida 3 yil;
  • Bir yoki bir necha turdagi o'lchash vositalarini ta'mirlash tajribasi;
  • Texnik hujjatlar standartlarini bilish;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash qobiliyati;
  • Hujjatlar bilan ishlash qobiliyati:
  • Funksional avtomatlashtirish sxemalarini o'qish qobiliyatlari;
  • O'lchov vositalarini ta'mirlash va kalibrlash bo'yicha jadvallarni tuza olish qobiliyati;
  • Xodimlarni boshqara olish;
  • Texnik hujjatlarni ishlab chiqish va loyihalash tartibini bilish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalana olish.

Majburiyatlari

  • 3 – Mis boyitish fabrikasi TJABT xizmati avtomatlashtirish vositalarining to'g'ri va uzluksiz ishlashini, avtomatlashtirish sxemalarini, avtomatik jarayonlarni nazorat qilishni va boshqarishni ta'minlaydi;
  • Avtomatlashtirish vositalarini qayta qurish, takomillashtirish va joriy etish, yangi asboblar, avtomatlashtirish va boshqarish sxemalari jadvaliga muvofiq avtomatlashtirish vositalarini ishga tushirish va boshqarish, ulardan foydalanish va ta'mirlash loyihalarining hujjatlariga muvofiq avtomatlashtirish vositalarini o'rnatish bo'yicha ishlarni boshqaradi;
  • 3 – Mis boyitish fabrikasi TJABT xizmati NO'AvaA xodimlariga, ishlarni bajarish uchun topshiriqlar beradi, ishchilarni oqilona joylashtirish va yuklashni, ta'mirlash ishlari uchun uskunalardan samarali foydalanishni ta'minlaydi;
  • Nazorat o'lchash va rostlash asboblari,ehtiyot qismlar va materiallarga bo'lgan ehtiyojni aniqlaydi, arizalarni tuzadi va ularning qabul qilinishini nazorat qiladi, avtomatlashtirish, boshqarish va o'lchash vositalarini o'z vaqtida tekshirishni ta'minlaydi.
  • O’lchash vositalarining kalibrovka va rejali ogohlantiruvchi ta’mirlar jadvallarini o'z vaqtida va sifatli bajaradi;

Asosiy vazifalar

  • Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsuldorlikni oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida bo’linma uchun nazorat, o'lchash va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish;
  • Avtomatlashtirish vositalarining texnik jihatdan soz holatda,istemolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va istemolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari muvofiq xizmat ko'rsatishini ta’minlash;
  • Nazorat o'lchov va avtomatlashtirish tizimlarining ishlashidagi nosozliklar va avariya larning sabablarini aniqlash va tahlil qilish, kelajakda aniqlangan sabablarni bartaraf etish va takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • Pasport
    • Diplom
    • Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech