Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

O‘lchash vositalari va maxsus asboblar nazoratchisi

19 Sentyabr 2025, 9:55 3001

2025-yilning 19-sentyabrdan 26-sentyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy metrologiya laboratoriyasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Oylik ish haqi: “Olmaliq KMK” AJ Markaziy metrologiya laboratoriyasining shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi.
  • Kerakli ish tajribasi: Metrologiya yoki Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sohalarida kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Malakaviy talablar:

  • Oliy – Metrologiya mutaxassisligi bo‘yicha oliy maʼlumot yoki ushbu mutaxassislik bo‘yicha kamida sirtqi bo‘limida 3-bosqich talabasi;
  • O‘rta-maxsus – Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika yo‘nalishi bo‘yicha.
  • Toʼliq bandlik: to‘liq kun.

Vazifalari:

  • Ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash boʻyicha qarorlar, buyruqlar, farmoyishlar, uslubiy va meʻyoriy materiallarni bilish (metrologiyaning qonuniy asoslari);
  • Ishlab chiqarishni metrologik qoʻllab-quvvatlashni tashkil etishni bilish;
  • o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, foydalanish, ta’mirlash, sozlash, qiyoslash, sozlash va oʻlchash vositalarini saqlash boʻyicha standartlar va boshqa meʻyoriy hujjatlar bo’yicha bazaviy bilimlarga ega bo’lish;
  • qiyoslash nuqtalarining xatoliklarini xisoblash formulalari, kattaliklarni boshqa birlikga o‘tkazish, namunaviy o’lchov vositalarini mos ravishda tanlash;

Аsosiy ko‘nikmalari:

  • Metrologik attestatsiya va mahsulot sinovlari boʻyicha standartlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa meʼyoriy hujjatlar;
  • Kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash (Microsoft Office);
  • Standartlar fondi va boshqa hujjatlarni yuritish tartibi;
  • Oʻlchash vositalarining texnik xususiyatlari, tuzilishi, maqsadi va qoʻllash prinsiplari, ularni taʼmirlash texnologiyasi;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish;
  • Ish sifatini nazorat qilish;
  • Matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech