• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

“Olmaliq KMK” AJ Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i lavozimiga konkurs tanlovi

27 May 2022, 10:14 4736

“Olmaliq KMK” AJ Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i lavozimiga tanlov asosida nomzodlarni taklif qiladi.

Qo‘yilayotgan talablarga mos keladigan nomzodlar, 2022 yil 27 maydan 31 may soat 17:00gacha bo‘sh ish joyi uchun o‘z rezyumelarini qoldirishlari mumkin.

MAJBURIYATLARINGIZ:

- “Olmaliq KMK” AJ tizimida korrupsiyaga qarshi faoliyatni muvofiqlashtirish va takomillashtirish ishlarini tashkil qilish;

- korrupsion huquqbuzarliklarni bartaraf etish va ularga qarshi kurashish;

- ”Olmaliq KMK” AJda korrupsion faoliyatga qarshi kurashishda ishtirok etadigan boshqa davlat organlari, huquqni muxofaza qilish organlari bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish.

NOMZODLARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

- oliy ma'lumot (asosan yuridik);

- yuridik sohada ish tajribasi -  kamida 5 yil;

- korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsion xatarlar, ularning sabablarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning oqibatlarini yumshatish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lish;

- amaldagi korrupsiyaga qarshi milliy qonunchilikni, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni bilish;

- o‘zbek va rus tillarini erkin bilish;

- tanqidiy, tahliliy fikrlash va jamoada ishlay olish.

DIQQAT!!! “Izlanuvchilar/nomzodlarning yuqorida qayd etilgan tanlov mezonlariga mos kelmaydigan, shuningdek qasdan soxta ma'lumotlar bilan, xatolar (tuzatishlar va to‘g‘irlashlar) bilan birga takror yuborilgan, hamda ko‘rsatib o‘tilgan muddat o‘tganidan so‘ng yuborilgan Rezyume/Ma'lumotnoma-ob'yektivkalari diskvalifikatsiya qilinadi va sabablari tushuntirilmasdan ko‘rib chiqilmaydi”.

Nomzodlarning (izlanuvchilarning) kelib tushgan Rezyume/Ma'lumotnoma-obyektivkalari ko‘rib chiqilishining tezkorligini ta'minlash maqsadlarida, 2022 yil  27 maydan 31 maygacha (Toshkent vaqti bilan) soat 17:00gacha bo‘lgan davr mobaynida e.valeeva@agmk.uz elektron pochta manzili orqali OKMK va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining qo‘shma qabul komissiyasiga yuborishingizni so‘raymiz. 

Rezyumega: ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi va tegishli kasb bo‘yicha guvohnoma nusxalarini  ilova qilish, shuningdek ilova qilinayotgan so‘rovnomani to‘ldirish shart.

ESLATMA: Agar Konkurs tanlovi jarayonida siz korrupsion tusga ega bo‘lgan faktlarga duch kelsangiz, albatta tasdiqlovchi hujjatlarni (audio/video yozuvlar va boshqalar) ilova qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga zudlik bilan murojaat qilishingiz va Agentlikning info@anticorruption.uz elektron pochta manziliga yoki (+998 71) 202 04 02 (ichki:  220 yoki 102) telefon raqamlari orqali xabar yuborishingiz mumkin.

Rezyumeni yuklab olish

Bo`lishmoq:
Text to speech