“Olmaliq KMK” АJ Muhandislik maktabi direksiyasi boʻsh ish oʻrinlari
03 Avgust 2023, 16:32
12046
“Olmaliq KMK” АJ Muhandislik maktabi direksiyasiga quyidagi boʻsh ish oʻrinlari uchun rezyumelar qabul qilinadi.
1. Muhandislik maktabi direksiyasi direktori oʻrinbosari
- oylik ish haqqi “Olmaliq KMK” АJ Muhandislik maktabi direksiyasi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi.
- rahbarlik lavozimida uch yildan kam boʻlmagan mehnat staji (Oliy va professional taʼlim muassasalaridagi faoliyati ustuvorlikka ega)
Vazifalar:
- muhandislik maktabi oʻquv yoʻnalishlari uchun oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;
- muhandislik maktabida dars berish uchun oʻqituvchilarni tanlashni tashkil etish;
- muhandislik maktabiga tinglovchilarni qabul qilish boʻyicha parametrlarni ishlab chiqish;
- muhandislik maktabi binosining qurilish ishlarini nazorat qilish;
- muhandislik maktabiga keladigan jihozlarni sifati va oʻz vaqtida yetkazilishini nazorat qilish;
- muhandislik maktabi nizomini ishlab chiqish.
Talablar:
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi (Magistratura bosqichini tamomlaganligi ustuvorlikka ega)
- meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasiga, kasbiy va umumiy kompetentsiyalar hamda ishbilarmonlik sifatlariga ega boʻlishi
- xorijiy tillarni bilishi (ingliz yoki nemis tilini bilishi ustuvorlikka ega).
Koʻnikmalari:
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- biznes aloqasi;
- kadrlar tayyorlashda istiqbolli va joriy rejalar tuzish;
- kadrlar tayyorlash boʻyicha nizomlarni ishlab chiqish;
- tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
- xodimlarni boshqarish;
- maʼlumotlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
- shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (АKT) foydalanish;
- ofis jihozlaridan foydalanish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishi shart.
2. Muhandislik maktabi direksiyasi mutaxassisi
- Oylik ish haqqi “Olmaliq KMK” АJ Muhandislik maktabi direktsiyasi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi;
- Oliy yoki oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
Vazifalar:
- Muhandislik maktabining maʼlum yoʻnalishlarini ishga tushirish;
- Muhandislik maktabiga jalb etiladigan shtatdan tashqari oʻqituvchilar bilan fuqarolik huquqiy mehnat shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkillashtirish;
- Muhandislik maktabida dars berish uchun oʻqituvchilarni tanlashni tashkil etish;
- Muhandislik maktabi binosining qurilish ishlarini nazorat qilishda koʻmaklashish.
Talablar:
- Oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
- Meʼyoriy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasiga, kasbiy va umumiy kompetentsiyalar hamda ishbilarmonlik sifatlariga ega boʻlishi;
- Xorijiy tillarni bilishi ustuvorlikka ega.
Koʻnikmalari:
- tashkilotchilik;
- xodimlarni boshqarish;
- ishga doir suhbatlar olib borish;
- shartnomalar ishlab chiqish;
- kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga bogʼliq xarajatlar smetasi va oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash boʻyicha kvotalar ishlab chiqish;
- taqdim etilgan maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish;
- shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (АKT) foydalanish;
- ofis jihozlaridan foydalanish kabi koʻnikmalarga ega boʻlishi shart.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 3-avgustdan 12-avgustgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- mehnat daftarchasi;
- diplom
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB olish