• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti boʻsh ish oʻrinlari

07 Mart 2023, 8:54 12308

“Olmaliq KMK” AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” trestiga quyidagi boʻsh ish oʻrinlari uchun rezyumelar qabul qilinadi:

1. Muhandis - texnolog

Majburiyatlari:

  • Qurilish ishlarini loyiha-smeta hujjatlari va moddiy resurslar bilan o 'z vaqtida ta'minlash.
  • Moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish maqsadida ularni normalash.
  • Ta'mirlash ishlari va mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish boʻyicha uchastka va sex ishini yakunlash.

Talablar:

  • Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumoti.
  • Ushbu sohada 3 yildan kam boʻlmagan ish staji.

Asosiy koʻnikmalari:

  • Moddiy-texnika resurslari (temir-beton va metall konstruksiyalar) hisob-kitoblarini ishlab chiqarish.
  • Qurilishda tajriba (chizmalarni oʻqish va boshqalar).
  • Maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish.
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

Shartlar:

  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi

 

2. Qurilish montaj ishlari boʻyicha usta

Majburiyatlari:

  • Belgilangan vazifalarni eng kam moddiy, mehnat va moliyaviy xarajatlar bilan bajarish.
  • Mehnat unumdorligi va bajarilgan ishlar sifatini oshirish va qurilish-montaj ishlarining tannarxini pasaytirish.
  • Mehnatkashlarda jamoaviylik, topshirilgan ish uchun yuksak mas'uliyat tuygʻularini tarbiyalash.
  • Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va sanoat xavfsizligini ta'minlash va shart-sharoitlarni yaratish.

Talablar:

  • Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumoti.
  • Qurilish sohadasida 3 yildan kam boʻlmagan ish staji.

Asosiy koʻnikmalari:

  • Qurilish sohasida tajriba (chizmalarni oʻqish va boshqalar).
  • Ishlab chiqarishni tashkil etish.
  • Bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilish.
  • Smeta hujjatlarini rasmiylashtirish.
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash.
  • Bajarilgan ishlarni  dalolatnomalarini tuzish (F-2, F-3) va uning hisobotini olib borish.

Shartlar:

  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
  •  

3. Smetachi

Majburiyatlari:

  • Belgilangan reja maqsadlariga muvofiq ritmik ishlarni ta'minlash.
  • Prognoz koʻrsatkichlarini bajarish, qurilish-montaj ob’ektlarini me’yoriy va loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlashda har tomonlama koʻmaklashish.
  • qurilish-montaj ishlarini bajarishda moddiy resurslardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash.     

Talablar:

  • Qurilish mutaxassisligi boʻyicha oliy maʼlumoti.
  • Ushbu sohada ish tajribasi.

Asosiy koʻnikmalari:

  • Smeta xujjatlarini tuzish.
  • Chizmalar, smetalar va yoʻriqnomalar bilan ishlash.
  • Byudjetni shakllantirish usullari.
  • WORD, EXCEL, AUTOCAD va boshqa shunga oʻxshash dasturlardan foydalanuvchi darajasida bilish.
  • Orgtexnikadan foydalanish.
  • bajarilgan ishlarni   dalolatnomalarini tuzish (F-2, F-3) va xisobotini olib borish.

Shartlar:

  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 7-12 mart kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi
  • diplom
  • pasport

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi.

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB OLISH 

Bo`lishmoq:
Text to speech