Omborchi
17 Aprel 2024, 14:19
2785
2024-yilning 17-aprelidan 24 apreliga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
- Talab qilinadigan ish tajribasi: kamida 1 yil;
- Bandlik: to'liq ish kuni.
Vazifasi:
- Omborlarda tovar moddiy boyliklarini qabul qilish, saqlash va chiqarish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
- Korxona tomonidan belgilangan hisobotni olib boradi;
- Saqlanadigan tovar moddiy boyliklarini xavfsizligini, saqlash rejimlariga rioya qilinishini ta‘minlaydi, ombor operatsiyalarini hisobini yuritadi;
- Qabul qilish topshirish hujjatlarini, belgilangan hisobotlarni tayyorlash qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi;
- Tovar va materiallarni hisobdan chiqarish va qabul qilish;
- Tovar moddiy boyliklarini inventarizatsiya qilishda qatnashadi;
- Xarajatlarni qabul qilish va boshqa buxgalteriya hujjatlarini to‘g‘ri tuzish va topshirish.
Talablar:
- O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va mutaxassislik bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Davlat va rus tillarini yaxshi bilishi, chet tillarini bilishi maqsadga muvofiq.
Malaka talablari:
- Omborda tovar moddiy boyliklari xavfsizligi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- Omborda saqlanadigan tovar moddiy boyliklari operatsiyalarini zarur hujjatlarini hisobga olishni tashkil etish;
- Olib kelingan tovar moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va chiqarish shartlari;
- Tovarlarni qabul qilish va jo‘natish uchun hujjatlar shakllari;
- 1C dasturida ishlash ko‘nikmalari.
Shartlar:
- Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
- Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).