Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ozuqa bloki mudiri

24 Iyun 2025, 13:16 3172

2025-yilning 24-iyundan 11-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Ozuqa tayyorlash uchastkasiga yem-xashaklarni  qabul qilish, tortish, saqlash va ozuqa tayyorlash blokidan  yem-xashaklarni oʻrnatilgan tartibda fermaga berish.
  • Ozuqa berishda zootexniya va veterinariya qoidalariga rioya qilish.
  • Berilayotgan ozuqaning soniga va taqsimlash qoidalariga rioya qilish.
  • Mehnat unumdorligini oshirish va ozuqa tannarxinikamaytirish.
  • Ozuqani qabul qilishda, tayyorlash va taqsimlashda uning sifatiga eʼtibor berish.
  • Qabul qilingan va fermaga berilayotgan ozuqalarning hujjatlarga muvofiqligini tekshirish.

Ish tarkibi:

  • Ozuqani qabul qilish, tayyorlash va fermaga berish  tartib qoidalariga rioya qiladi;
  • Oziqlantirish tartibiga, saqlash usullariga amal qiladi;
  • Ozuqalarni qabul qilish, taqsimlash, tayyorlash va saqlashda ilgʻor qishloq xoʻjaligi  korxonalari  
  • ishining ilgʻor usullarini qoʻllashni taʼminlash boʻyicha ishlarni olib boradi;
  • Ozuqa tayyorlash blokidagi mavjud boʻlgan barcha turdagi yem-xashaklarning blokdagi harakatini
  • roʻyxatga olish orqali qatʼiy hisobini yuritadi;
  • Ozuqalarni aralashtirish va taqsimlash standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Ozuqa tayyorlash qurilmalarining toʻligʻicha ishlatilishini, material va ehtiyot qismlardan, xom-ashyodan, elektr energiyasidan tejab foydalanishni  doimiy nazorat qiladi.

Malaka talablari:

  • Ma'lumoti, mutaxassisligi: оliy ma`lumot, Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha.
  • Ozuqani qabul qilish saqlash, oziqlantirish texnikalarini bilish, хujjatlar bilan ishlash, kompyuter dasturlaridan foydalanish, xisobotlar tayyorlash.

Bilim va ko‘nikmalarga talablar:

  • Hujjatlar bilan ishlash (hisobot berish).
  • Ozuqa blokidagi moddiy boyliklarni hisobga olish, saqlash, harakatlanish qoidalari va shuningdek  ularga qoʻshimcha  hujjatlar berish qoidalarini.
  • Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishdagi yem-xashakdan foydalanish, ozuqalarni tayyorlash va saqlashga oid qarorlar, farmoyishlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni.
  • Asosiy ozuqa meʼyorlarini, ularning qiymati, ozuqalarni tayyorlash va saqlash usullarini,chorva mollarining boqish tartiblarini.
  • Ozuqa tayyorlash uchastkasi barcha uskunalarining  xarakteristikasini.
  • Inventarizatsiya oʻtkazish qoidalarini.
  • Ozuqalar turlari va ularning isteʼmol normalarini.
  • Yuklash va tushurish ishlarini tashkil etishni.
  • Omborxona xoʻjaligini yuritish tartib qoidalarini bilishi kerak.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech