Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Qozonxona operatori

19 Avgust 2025, 14:50 1825

2025-yilning 19-avgustdan 25-avgustga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi materiallar zavodiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Faqat uning vazifasiga kiruvchi ishlarni bajarish;
  • Qozonxona va bugʻli qozon qurilmalaridan foydalangan vaqtda xavfsizlik talablariga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Ish joyini toza saqlash, oʻtish joylarini ifloslantirmaslik;
  • Davriy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtish.

Talablar:

  • Maʼlumoti: Oʻrta maxsus (elektrotexnika yoʻnalishi boʻyicha),
  • Ish tajribasi: mehnat staji kamida 1 yil
  • Koʻnikmalar:
  • Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
  • Jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish;
  • Elektr qurilmalardan foydalanish qoidalarini bilish

Asosiy koʻnikmalar:

  • Qozon va yordamchi uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va texnik tavsiflari;
  • Qozonxonaning issiqlik muhofazasi va issiqlik sxemalari va issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarishning texnologik jarayoni;
  • Bosim ostida ishlayotgan jixozlar bilan ishlash qoidalari;
  • Nazorat oʻlchov asboblarining oddiy va oʻrta qiyinlikdagi ishlatilish qoidalari;
  • Korxonaning ichki mehnat taritibi qoidalarini;
  • Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini;
  • Avariya holatlarida toʻgʻri harakat qilishni;
  • Ishlab chiqarish sanitariya talablarini;
  • Ishlab turgan xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining harakatlarini;
  • Isteʼmolchilar elektr qurilmalirining TEQ (PTE) va THQ (PTB) ni 2-malakaviy guruh bilimlari doirasida bilish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom;
  • kuchlanish ostida ishlovchi elektr qozon uskunalariga xizmat koʻrsatuvchi qozonxona operatori guvohnomasi.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech