Qozonxona operatori
20 Sentyabr 2024, 13:58
1790
2024-yil 20 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Majburiyatlari:
- Berilgan jadvaliga muvofiq qozonlarning ish rejimini saqlash;
- Agregatlarga operativ xizmat koʻrsatish va ularning uzluksiz va tejamkor ishlashini taʼminlash;
- Xizmat koʻrsatiladigan asbob-uskunalarni ishga tushirish, toʻxtatish, sinovdan oʻtkazish, bosim sinovlari va issiqlik zanjirlarida almashtirish;
- Oʻlchov vositalarining koʻrsatkichlarini, avtomatik regulyatorlar va signalizatsiya vositalarining ishlashini nazorat qilish;
- Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
- Uskunaning ishlashidagi nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
- Qoʻl ostidagi ishchilarni boshqarish.
Talablar:
- Maʼlumoti: Oʻrta maxsus (elektrotexnika yo’nalishi bo’yicha);
- Qozonxona operatori guvohnomasi;
- Ish tajribasi: mehnat staji kamida 1 yil.
Koʻnikmalar:
- Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- Jarohatlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish;
- Axborot kommunikatsion texnologiyadan foydalanish;
- Orgtexnika vositalaridan foydalanish;
- Elektr qurilmalardan foydalanish qoidalari;
- Gaz qurilmalardan foydalanish qoidalari.
Asosiy koʻnikmalar
- Qozon va yordamchi uskunalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va texnik tavsiflari;
- Qozonxonaning issiqlik muhofazasi va issiqlik sxemalari va issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarishning texnologik jarayoni;
- Suv va bugʻ sifat standartlari;
- Issiqlik nazorati va avtomatlashtirishning oʻlchov asboblari va sxematik diagrammalarining ishlash prinsipi;
- Qozon agregatlarining ish parametrlarining ruxsat etilgan ogʻishlari;
- Ishlatiladigan yoqilgʻi va uning yonish mahsulotlarining xususiyatlari;
- Qozon agregati ishlashining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
- Issiqlik texnikasi, mexanika, elektrotexnika va suvni tozalash asoslari.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- Pasport
- Diplom
- Mehnat daftarchasi yoki MyGov.uz portali orqali elektron mehnat daftarchasi
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).