Quyultirgich apparatchisi
01 Iyul 2025, 13:16
956
2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Vazifalar:
- Nosozliklar va kamchiliklarni yuzaga kelganda ularni bartaraf etish, ishlab chiqarish obyektlarida foydalanadigan flokulyant sarfi, tayyorlanishi bo‘yicha nazorat ishlarini amalga oshirish;
- Quyuqlashtirishning texnologik jarayonini nazorat qilish, shuningdek quyuqlashtiruvchi moddalar sarfini nazorat qilish;
- Uskunalarni va ish joylarini o‘z vaqtida tozalashni amalga oshirish;
- Quyuqlashtirish jarayonini nazorat qiladi, quyiltirilgan mahsulotlarining zichliginiani aniqlash va nazoratga olish;
- Xizmat ko‘rsatadigan bo‘limlarning qurilmalari sxemasini bilishi;
- Foydalaniladigan quyuqlashtiruvchi uskunaning xususiyatlarini bilish;
- Kichik taʼmirlash va uskunani ishga tushirish va to‘xtatish ishlarini amalga oshirish;
- Quyultirgichlarning texnik xarakteristikasini va tuzilishini bilish;
- Flokulyantlarni xarakteristikasini va qo‘llanilishini
Talablar:
- Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
- Ish tajribasi:
- Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
- O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
- Davlat va rus tillarini bilish;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish.
- Ishga joylashish: to'liq ish kuni.
Asosiy qobiliyatlar:
- Jarayonning buzilishi yoki uskunaning nosozliklarini tezda aniqlash va bartaraf etish qobiliyati;
- Texnik jurnallarni toʻgʻri toʻldirish;
- Quyuqlashtirish uchun kiruvchi mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini;
- Qoʻllaniladigan mashina moylari;
- Quyuqlashtiruvchi moddalarning ishlash printsipini;
- Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
- Ishlatiladigan quyuqlashtiruvchi moddalarning xossalari, ularga qoʻyiladigan talablarni bilishi;
- Turli xildagi quyultirgichlar bilan ishlash malakasi;
- Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini bilishi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).