Reagentlarni erituvchi
01 Iyul 2025, 13:29
1512
2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Talablar:
- Ta’lim: sohaga oid oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot;
- Ish tajribasi:
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun ish tajribasi talab etilmaydi;
- O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lganlar uchun kimyo sanoti ishlab chiqarish sohasida kamida 1-yil ish tajribasi bo‘lishi lozim;
- Davlat tili va rus tilini bilish;
- Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish gigiyenasi va yong‘in xavfsizligi qoidalari va me’yorlarini bilish;
- Reagentlarni tayyorlash texnologik talablari va texnologik sxemalarini bilish.
Vazifalari:
- Faoliyati davomida foydalanilayotgan uskuna va jihozlarga xizmat ko‘rsatish, nosozliklar va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish;
- Reagent eritmalarini tayyorlash va taqsimlash texnologik jarayonini nazorat qilish, reagentlarni tayyorlashga mo‘ljallangan uskunalarga xizmat ko‘rsatish;
- Xizmat ko‘rsatilayotgan uchastkadagi uskuna va apparatlar zanjiri (sxemasi)ni bilish;
- Reagent eritmalarini tayyorlash usullarini bilish;
- Ishlatiladigan reagentlarning xossalari va xarakteristikasini bilish;
- Reagentlarni saqlash va foydalanish xavfsizlik qoidalarini bilish;
- Reagentlarni tayyorlash, dozalash uchun mo‘ljallangan uskuna va qurilmalarni ishga tushirish, to‘xtatish hamda mayda ta’mirlash ishlarini bajarish;
- Foydalanilayotgan uskuna va jihozlarning tuzilishi hamda texnik ko‘rsatkichlarini bilish.
Asosiy ko‘nikmalar:
- Texnologik jarayondagi nosozlik yoki uskuna ishdan chiqish holatlarini tez aniqlash va bartaraf eta olish qobiliyati;
- Texnik jurnallarni to‘g‘ri va aniq to‘ldirish ko‘nikmasi;
- Ishlatiladigan reagentlarning fizik-kimyoviy xossalarini bilish;
- O‘lchov uskunalari va apparatlarining tuzilishini tushunish;
- Turli xil reagentlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- Mehnat xavfsizligi choralari va ularga rioya qilish.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).