• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Portlovchi vositalar tarqatuvchisi

05 Mart 2025, 14:39 4328

2025-yilning 5-martdan 12-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Portlovchi moddalar zavodiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Kerakli ish tajribasi: talab qilinmaydi;
  • Bandlik: toʻliq ish kuni.

Vazifalar:

  • Portlatish materiallari va portlatish vositalarini olish, avtomashinaga yuklanishida nazorat qilib borish;
  • Portlatish materiallarini tushirib olish va tarqatish;
  • Portlatish materiallarini saranjomlash va saqlash;
  • Kapsul detonatorlarni markirovkalash;
  • Portlatish materiallarini berish, qoldiqlarini qabul qilib olish;
  • Portlatish materiallarini kirib kelishi va sarfi hisobotini olib borish;
  • Omborga kelib tushishi va ularning ishlab chiqarilishi tartibida sarflanish bosqichlarini nazorat qilib borish;
  • Omborlarni yigʻishtirish;
  • Portlatish materiallarini ishlab chiqarish, qabul qilib olish, saqlash, transportirovka qilish portlatish materiallarini ishlatish va hisobotini olib borish yoʻriqnomasi;
  • Korxona boʻyicha ichki mehnat tartib qoidalariga;
  • Mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalariga;
  • Yongʻin va elektr xavfsizligi qoidalariga;
  • Zavod boʻyicha buyruq va farmoyishlarga rioya qilish.

Talablar:

  • oʻrta yoki oʻrta-maxsus maʻlumot (oliy ma’lumot ustunlikga ega);
  • portlatish materiallari ombor mudiri kurslari oʻquv dasturi boʻyicha oʻqigan va kvalifikatsion komissiyaga imtihonlarni topshirganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻlish.

Asosiy koʻnikmalar:

Portlatish materiallarini tarqatuvchi  bilishi shart:

  • Portlatish materiallarining hisobotini olib borish tartibini;
  • Omborxonaning tuzilishi va moʻljallanishini;
  • Omborxona muhofazasi va yoritilishi tartibini;
  • Oʻrnatilgan signalizatsiya ishlatilishini;
  • Oʻt oʻchirgichning tuzilishi va undan foydalanishni;
  • Portlatish materiallarining saqlanishi va taqsimlab berilish tartiblarini
  • Portlatish materiallarining turi va xossalarinini hamda ular bilan ishlashda xavfsizlik qoidalarini.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech