Reagentlar dozalovchisi
28 Yanvar 2025, 14:59
2035
2025-yilning 28-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
Vazifalar:
- Nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etgan holda ishlab chiqarish obʻektlarida foydalanilayotgan asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajarish;
- Reagent eritmalarini taqsimlash, reagentlar yetkazib berish va materiallarni taqsimlashning texnologik jarayonlarini nazorat qilish, shuningdek, reagentlarni dozalash uskunasiga texnik xizmat koʻrsatish;
- Xizmat koʻrsatilayotgan hudud apparatlarining sxemalarini bilish;
- Reagentlar eritmalarni tayyorlash usulini bilish;
- Qo’llaniladigan reagentlar xarakteristikalari va xossalarini bilish;
- Reagentlar xavfsiz saqlash va ulardan foydalanishni bilish;
- Reagentlar tayyorlash, dozalash va yetkazib berish uchun uskunalarni kichik taʻmirlash, ishga tushirish va toʻxtatish ishlarini bajarish;
- Amaldagi uskunaning konstruksiyasi va texnik parametrlarini bilish.
Talablar:
- Maʼlumoti: yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus;
- Ish tajribasi:
- Oliy maʼlumotli (texnik yo‘nalish bo‘yicha) talabgorlarga - ish tajribasi talab qilinmaydi;
- O‘rta maxsus maʼlumotli talabgorlarga – ishlab chiqarish korxonalarida kamida 1 yil ish tajribasi talab qilinadi;
- Reagent taqsimlash maydonining texnologik talablarini bilish;
- Reagent maydonining texnologik sxemalarini bilish;
- Davlat va rus tillarini bilish;
- Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yong‘indan himoya qilish qoidalarini bilish;
- Ishga joylashish: to'liq ish kuni.
Asosiy qobiliyatlar:
- Texnologik buzilishlarni yoki uskunaning nosozliklarini tezda aniqlash va bartaraf etish imkoniyati;
- Texnik jurnallarni malakali to‘ldirish;
- Qo'llaniladigan (ishlatilgan) reagentlarning fizik-kimyoviy xossalari;
- O'lchash uskunalarini tartibga solish;
- Oʻlchash uskunalarini ishlatish va nazoratni amalga oshirish;
- Ishlatiladigan (ishlatilgan) har xil turdagi reagentlar bilan ishlash ko'nikmalari;
- Mehnatni muhofaza qilish choralari.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).