Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ta’mirlovchi-chilangar

16 Oktyabr 2025, 13:38 1631

2025-yilning 17-oktyabrdan 22-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ "Kovuldi" konining “Oltin saralash fabrikasi” (OSF) ga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik maosh – mehnat faoliyati samaradorligidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
  • Talab etiladigan ish tajribasi: mazkur ish faoliyati bo‘yicha kamida 1 yil;
  • Ishlab chiqarishdagi ish tajribasi inobatga olinadi;
  • Bandligi: toʻliq ish kuni.

Vazifalari:

  • Kovuldi koni oltin saralash fabrikasida ishlaydigan har bir kishi baxtsiz hodisa yoki baxtsiz hodisaga olib keladigan xatti-harakatlar yoki harakatsizliklarni, shuningdek beparvo xatti-harakatlar va asossiz xavflarni oldini olishga majburdir.
  • Ishlab chiqarish intizomi, tozalik va ish joyida tartibni saqlash;
  • Mexanizmlar, agregatlar va turli murakkablikdagi mashinalarni tarqatish, taʼmirlash, yigʻish va sinovdan oʻtkazish;
  • Yuqori malakali mutaxassis rahbarligida uskunalarni taʼmirlash;
  • Demontaj, montaj, sozlash va qabul qilish ishlarining texnologik ketma-ketligiga ega boʻlish;
  • Universal asbob-uskunalar, dastgohlar va oʻlchov priborlaridan foydalanish;
  • Pnevmatik va elektr asboblari, koʻtarish vositalari va mexanizmlar bilan ish bajarish;
  • Detallarni yuvish, tozalash, moylash, ishlatilgan moylarni toʻkish;
  • Turli darajadagi murakkablikda taʼmirlash va yigʻish uchun moslamalar tayyorlash;
  • Qoʻshiladigan detallarni markazlashtirish va sozlash;
  • Detallar eskirishi sabablarini aniqlash, ularni tiklash, mustahkamlash va himoya qoplamalari bilan ishlov berish usullarini bilish;
  • Koʻtarish-tushirish va yuklash-tushirish ishlarini koʻtarish-transport mexanizmlari bilan bajarish;
  • Jihozlar va mashinalarni balansirovka qilish usullariga ega boʻlish;
  • Jihozlar chertejlarini oʻqish va tahlil qilish, nosozlik varaqalarini tuzish;
  • Materiallarning mexanik xususiyatlari, dopusk va posadkalar, nohamislik parametrlarini bilish;
  • Xavfsizlik qoidalari va jihozlardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalarga rioya qilish.

Bilishi kerak

  • Taʼmirlanayotgan uskuna, agregat va mashinalarning tuzilishi xususiyatlari;
  • Jihozlarni sinovdan oʻtkazish, sozlash va toʻgʻri oʻrnatish usullari;
  • Jihozlarni taʼmirlash, yigʻish va montaj qilish texnologiya jarayoni;
  • Statik va dinamik balansirovka qoidalari;
  • Detallar eskirishini aniqlash va bartaraf etish usullari;
  • Detallarni tiklash va himoya qoplamalari qoʻyish usullari;
  • Jihozlar chertejlarini oʻqish va tahlil qilish qoidalari;
  • Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni aglomeratsiya qilishda xavfsizlik qoidalari;
  • Texnologik yoʻriqnomalar;
  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar;
  • Isteʼmolchilar elektr uskunalaridan texnik foydalanish qoidalari (PTE) va ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (PTB);
  • Avariyalarni bartaraf etish rejasi (PLA);
  • Yongʻin oʻchirish vositalari bilan foydalanish qoidalari;
  • “Olmaliq KMK” AJ, Kovuldi konining ichki mehnat tartib-qoidalari;
  • Baxtsiz hodisalarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish;
  • Asosiy va yordamchi jihozlarning tuzilishi va ishlash prinsipi;
  • Rangli metalllar boyitish fabrikalarining texnologik jihozlaridan foydalanish qoidalari.

Malaka talablari:

  • Taʼmirlovchi-chilangariga quyidagi talablar qoʻyiladi:
  • - Ma’lumoti — o‘rta maxsus, o`rta, guvohnoma;
  • ushbu kasb boʻyicha mahsus tayyorgarlikka ega boʻlishi.
  • amaliyotni tugatgandan soʻng, taʼmirlovchi-chilangari  tayinlangan malaka komissiyasiga imtihon topshirishi, agar sinov paytida taʼmirlovchi-chilangari qoniqarsiz bilimlarni koʻrsatgan boʻlsa, u asosiy kasbi boʻyicha mustaqil ishlashga ruxsat etilmaydi va ikki haftadan bir oygacha boʻlgan muddatda qayta imtixondandan oʻtkaziladi.
  • bilimni takroriy tekshirish paytida qoniqarsiz baho olgan taʼmirlovchi-chilangariga  boshqa ishga oʻtkazilishi talab etiladi va Olmaliq TMK AJ mexnat muxofazasi uchun oʻqitish va bilimlarni tekshirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomning 25-bandiga va ichki mexnat tartibiga muvofiq chora koʻriladi.Bilimi konikarsiz deb topilgan taʼmirlovchi-chilangari  mehnat intizomini buzgan deb hisoblanadi. Ushbu qoidabuzarliklarni sodir etgan shaxslarga ichki mehnat tartib-qoidalarida nazarda tutilgan intizomiy choralar qoʻllaniladi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech