1-toifali mutaxassis
23 Yanvar 2025, 15:32
1493
2025-yilning 23-yanvardan 3-fevralga qadar, “Olmaliq KMK” AJ O'quv markazi Muhandislik maktabiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:
- Oylik ish haqqi “Olmaliq KMK” AJ Oʻquv markazi Muhandislik maktabi shtat jadvaliga muvofiq belgilanadi;
- Talab etiladigan pedagogik ish tajribasi: 3-5 yil;
- Taʼlim sohasidagi ish tajribasi inobatga olinadi;
- Bandligi: toʻliq ish kuni.
Vazifalar:
- oʻquv kurslarini tashkil qilish;
- oʻquv-uslubiy ishlarni, yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv rejalari va oʻquv jadvallarini tuzish hamda ularni nazorat qilish;
- oʻqituvchilar tomonidan oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilishini aks ettiruvchi qaydnomalarni, oʻquvchilar guruh jurnallari va oʻquv varaqalarini yuritilishini tashkil etish;
- oʻquv ishlarning bajarilishini, oʻquv rejalar, maxsus kurslar va seminarlar dasturlari, uslubiy qoʻllanmalar, nazorat ishlari va boshqa oʻquv-uslubiy ishlarning tuzilishini shakllantirish va tashkil etish;
- oʻquv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish;
- oʻqituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan oʻquv-uslubiy ishlarining haqiqiy ijrosini taʼminlash;
- oʻquvchilarning oʻzlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;
- oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, oʻzlashtirish koʻrsatgichlari, davomat va oʻquv hujjatlarini yuritishning toʻgʻriligini nazorat qilish;
- zamonaviy taʼlim texnologiyalari, jumladan, axborot, shuningdek, raqamli taʼlim resurslaridan foydalangan holda oʻqituvchilarni malakalasini oshirishni tashkil qilish;
Bilishi kerak:
- pedagogik faoliyatga tegishli qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaror va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hayʼat Qarorlari, buyruqlari, maktab direktori buyruqlarining mohiyati, yoʻnalishlar yillik va istiqboli rejalar;
- oʻqituvchilarning oʻquv yuklamalar taqsimoti va uning bajarilishini tahlil qilish va hisobini yuritish;
- oʻquvchilar va oʻqituvchilar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni shakllantirish;
- oʻquv jarayonidagi baholash tizimlari, baholar turlari, reyting qaydnomalari turlari, oʻquv juftliklari roʻyxatlarini hamda imtihonlar roʻyxatlarini shakllantirish;
- elektron xujjatlar aylanmasi boʻyicha ishlar olib borish;
Malaka talablari:
- pedagogik faoliyatida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, taʼlim sohasida ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi;
- oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
- taʼlim sohasida kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.
- xorijiy tillarni bilishi (ingliz yoki nemis tilini bilishi ustuvorlikka ega).
Talablar:
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- kadrlar tayyorlash boʻyicha nizomlarni ishlab chiqish;
- tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
- maʼlumotlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
- ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish;
- Oʻzbekiston Respublikasining Taʼlimga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Koʻnikmalari:
- Boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
- Kadrlar tayyorlash boʻyicha nizomlarni ishlab chiqish;
- Tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
- Maʼlumotlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirish;
- Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (akt) foydalanish;
- Oʻzbekiston respublikasining taʼlimga oid qonunlari, prezident farmonlari, farmoyishlari, qarorlari, vazirlar mahkamasining qarorlari, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hayʼat qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- pasport;
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).