• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ta'mirlovchi-chilangar

18 Aprel 2025, 15:57 4775

2025-yilning 18-apreldan 25-aprelga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Malakaviy talablar:

  • Ma’lumoti: mutaxassisligi bo'yicha oliy texnik yoki o'rta maxsus kasb-hunar (uskunalarni o'rnatish, sozlash, ta'mirlash)
  • Oliy ma'lumotli mutaxassislik bo'yicha ish tajribasi-talab qilinmaydi, o'rta maxsus kasb-hunar bilan-kamida bir yil.
  • Yuqori harorat va shovqin mavjud sharoitda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan holda ish hududida ishlash.
  • Smena jadvaliga muvofiq ish tartibi, dam olish va bayram kunlarida ishga jalb qilinish ehtimoli mavjud.
  • Yuqori shovqin va tebranish mavjud sharoitda shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash.
  • Zarurat bo‘lganda — o‘qitish va malaka oshirish.

Kasb majburiyatlari:

  • Maxsus asboblar bilan ishlash qobiliyati;
  • Chilangarlik ishlari asoslarini tushunish;
  • Xavfsizlik qoidalarini bilish, ishlatiladigan uskunaning ishlash tamoyillari, ishlatiladigan materiallarning xususiyatlari, profilaktik ta'mirlash texnologiyasi, detallarni ta'mirlash usullari, olchash asboblarning tuzilishi va ulardan foydalanish;
  • Sodda birikmalar va mexanizmlarni detallarga ajratish, ta'mirlash va yig'ish bo'yicha ishlarni bajarishning asosiy usullari;
  • Moylash materiallarini markalari va ulardan foydalanish qoidalari.

Asosiy vazifalar:

  • Texnik chizmalar va sxemalarni o’qish bo’yicha tayanch ko’nikma;
  • Chilangarlik ishlarini bajarishning asosiy usullarini bilish;
  • O’lchash asboblari bilan ishlash va ularni sozlashni bilish;
  • Detallar, mexanizmlar, uskunalar, agregatlar va mashinalarning texnik xususiyatlariga muvofiq montaj ishlarini bajarish qoidalari va ketma-ketligini bilish;
  • Montaj, sozlash, moylash ishlarini bajarishda texnologik ketma-ketlikni bilish;
  • Texnik adabiyotlardan, ma'lumot jadvallaridan foydalanish qobiliyati.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech