Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tarbiyachi

21 Oktyabr 2025, 10:51 913

2025-yilning 21-oktyabrdan 24-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi Maktabgacha ta`lim muassasasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Vazifalari:

  • Davlat ta’lim dasturi, kunlik ish rejasi, bolalar yoshiga muvofiq bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va o‘tkazish;
  • O‘z guruhidagi har bir bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olish va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, ularning individual xususiyatlarini o‘rganish;
  • Bolaning rivojlanish xaritalarida tarbiyalanuvchilarni kuzatish natijalarini o‘z vaqtida aks ettirish, olingan natijalarni tahlil qilish, keyingi ta’lim va tarbiya ishlarini belgilash;
  • Ta’lim jarayonini mavzuli rejaga, bolalarning yoshiga muvofiq o‘z vaqtida rejalashtirishni amalga oshirish;
  • Ish rejaga muvofiq bolalar bilan ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshirish uchun zarur sharoitni yaratish;
  • Kun tartibi va faoliyatlar jadvaliga muvofiq ta’lim-tarbiya ishlarini bajarish;
  • Bolalar bilan ishlashda innovatsion pedagogik texnoligiya, ilg‘or tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
  • Tarbiyachi ish hujjatlarini o‘z vaqtida to‘ldirish, me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirish, belgilangan muddat davomida ozoda  saqlanishini va doimiy ish joyida bo‘lishini ta’minlash;
  • Uslubiy materiallarni to‘plash, uni rivojlanish sohalari bo‘yicha tasniflash, estetik va sanitar talablar asosida saqlanishini amalga oshirish;
  • Shifokor va tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga muvofiq bolalar salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.

Talablar:

  • Ma’lumot – oliy, o‘rta maxsus maktabgacha ta’lim yo‘nalishida;
  • Talab etiladi : 5 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi;
  • Bolalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Ota-onalar bilan muloqot qilish qobiliyati;
  • Faoliyat samaradorligini baholash.
  • Foydalanuvchi darajasida shaxsiy kompyuterdan foydalanish;
  • Ish faoliyatida axborot-kommunikativ texnoligiyalardan foydalanish (AКТ);
  • Orgtexnikadan foydalanish;
  • Bandligi: to‘liq ish kuni;

Asosiy ko`nikmalar:

  • Muomila madaniyati, muloqotga kirishuvchanlik, mobillik, ruhiy bosimga chidamlilik, punktuallik.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • pasport;
    • mehnat daftarchasi;
    • diplom.

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech