• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Texnolog

20 Oktyabr 2023, 14:13 1475

“Olmaliq KMK” АJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi texnolog lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlarda mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

         Vazifasi:

  • Materiallar sarflanishi uchun ishlab chiqarish zahiralarini aniqlash;
  • Prognoz topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish va ritmik ishlarni ta'minlash choralarini ko'rish;
  • Texnologik jarayonlar rejim kartalariga binoan yuritilishini nazorat qilish;
  • Sog'liqni saqlash va xavfsizlikni boshqarish tizimining ish tartibida saqlanishini ta'minlash va uni doimiy ravishda takomillashtirish.

                  Talablar:

  • Ma`lumoti: oliy texnik ta’lim;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 3 yil ish tajribasi;
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)

           Malaka talablari:

  • Ishchi jamoani boshqarish;
  • Hujjatlar bilan ishlash;
  • Ish sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Ishlashni baholash;
  • Orgtexnika vositalaridan foydalanish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash.

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 21 oktyabrdan 9 noyabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • mehnat daftarchasi;
    • diplom

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech