• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Temir yo`l ustasi

20 Dekabr 2023, 14:49 1346

“Olmaliq KMK” AJning Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi temiryo‘l ustasi lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifasi:

  • Temir yo‘lning belgilangan uchastkasida temir yo‘lni yaxshi holatda saqlash, temir yo‘l izlarini yotqizish, qayta yotqizish (ko‘chirish) va ta’mirlash, temir yo‘l relslari va strelkalaridagi qorlarni tozalash, sel suvlaridan o‘tish ishlarini boshqaradi;
  • yo‘l ustki qatlami va yuqori yo‘l konstruksiyalari, jumladan, strelkalari, sun’iy inshootlar, yo‘l va signal belgilari, o‘tish joylari va boshqa qurilmalarning yaxshi holatda bo‘lishini hamda eng kam material va mehnat resurslari sarflagan holda rejalashtirilgan topshiriqlarning bajarilishini ta’minlaydi;
  • Qo`l ostidagilarga ishlab chiqarish topshiriqlari berilishini, ishchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini, belgilangan ish texnologiyasiga rioya etilishini, mashina va mexanizmlarning xavfsizligi va uzluksiz ishlashini, ish vaqti, mahsulot ishlab chiqarish, ish haqi va ishlamay qolish vaqtini hisobga olish bo'yicha birlamchi hujjatlarning o'z vaqtida va to'g'ri rasmiylashtirilishini ta'minlaydi;
  • Temir yo‘l uchastkasini (sxemasini) asbob-uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash zaruriyatini aniqlash va arizalarni asoslashda ishtirok etadi;
  • Asosiy va qabul qiluvchi yo‘llardagi o‘tish va ko‘ndalang egri chiziqlarning koordinatalarini tekshiradi, temir yo‘lning yuqori konstruksiyasini, o‘tish joylarining xizmat ko‘rsatishga yaroqliligini va ularga yaqinlashishni tekshiradi;
  • Bajarilgan ishlarning sifatini, yo'llarni ta'mirlash ishlarini bajarishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini va ishlab chiqarish intizomi holatini nazorat qiladi. Belgilangan hujjatlar va hisobotlarni yuritadi.

Talablar:

  • Yo‘nalishi bo‘yicha oliy texnik ta’lim;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi.)

Malaka talablari:

  • temir yo'l kirish yo'llarini joriy ta'mirlashga qo'yiladigan texnik talablar;
  • yo'l ishlari texnologiyasi;
  • poyezdlar harakatini tashkil etish va jadvali, transport kommunikatsiyalari sxemasi;
  • yo'l mashinalari va o'lchash asboblarining texnik tavsiflari; bajarilgan ish uchun haq to'lash, normalar va narxlar to'g'risidagi qoidalar;

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 
2023-yil 20 dekabrdan 27 dekabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech