• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Texnologik transport boshqarmasi bo‘sh ish o‘rni

19 Avgust 2023, 8:32 16185

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Texnologik transport boshqarmasining quyidagi bo‘sh ish o‘rniga rezyumelar qabul qilinadi.

Avtomobillarni ta'mirlash bo'yicha chilangari

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
  • Kerakli ish tajribasi: Avtomobillarni ta'mirlash bilan bog'liq mutaxassisliklar bo'yicha kamida 1 yil.
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishga naryad olish;
  • transport butligini saqlash va ta'mirlash;
  • avtomobilga yoqilg'i moylash materiallarini quyish va almashtirish;
  • tibbiy ko'rikdan o'tish;
  • avtosamosvalni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish;
  • ish joyi va asbob-uskunalarni soz va toza holda saqlash.

Talablar:

  • o'rta yoki o'rta-maxsus ma`lumot (oliy ma'lumot ustunlikga ega)
  • avtomobillarni ta'mirlash bilan bog'liq mutaxassisliklar bo'yicha kamida 1 yil

Asosiy ko'nikmalar:

  • texnik jihozlarni ta'mirlash va texnik foydalanish qoidalarini bilish;
  • xizmat ko'rsatuvchi yuk avtomobillarining qo`llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
  • batareyali akkumulyator va avtomobil shinalaridan foydalainish qoidalarini bilish;
  • foydalaniladigan asbob-uskuna, jihozlar, detal va agregatlarning markirovkasi, nomlanishini bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish.

 

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

  

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida  2023-yil 19-avgustdan 28-avgustgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • pasport;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB olish 

Bo`lishmoq:
Text to speech