Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Tizim administratori

19 Oktyabr 2023, 15:58 2994

“Olmaliq KMK” АJ 3-Mis boyitish fabrikasi tizim administratori lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

Talablar

  • Oliy yoki o'rta maxsus ma'lumot;
  • Sohada kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Kompyuter texnologiyalari, axborotni yig'ish, uzatish va qayta ishlash, ularning texnik va ekspluatatsion tavsiflari, konstruktiv xususiyatlari, maqsadi va foydalanish qoidalarini bilish;
  • Ma'lumotlarni tashkil qilish va qayta ishlash tamoyillarini bilish;
  • Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining arxitekturasi, tuzilishi, yordamchi dasturlari, ishlash xususiyatlari va asosiy imkoniyatlarini bilish;
  • Operatsion tizimning asosiy boshqarish tushunchalarini bilish;
  • Ma'lumotlar bazasini boshqarishning asosiy tushunchalarini bilish;
  • Ma’lumot aqlashni boshqarishning asosiy tushunchalarini bilish;
  • Server apparatini boshqarishning asosiy tushunchalarini bilish;
  • Nosozliklarni aniqlash, telekommunikatsiya qurilmalarida sinov va ta'mirlash ishlarini bajara olish.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 20-26-oktyabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech