TTB boʻsh ish oʻrinlari
24 Yanvar 2023, 15:9
7589
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Texnologik transport boshqarmasining quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga rezyumelar qabul qilinadi.
G`ildirakli buldozer mashinisti
- Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
- Kerakli ish tajribasi: ish staji buldozer mashinisti, yuk ortgich mashinisti, gildirakli ekskavator mashinisti kasbi bo`yicha 2 yildan kam bo`lmasligi lozim yoki traktorchi kasbi bo`yicha 3 yildan ortiq
- Bandlik: to'liq ish kuni.
Vazifalar:
- tog` jinslarini tashish va karyer yo`llarini qurish uchun naryad olish;
- yo`l-qurilish texnikasi butligini saqlash;
- yo`l-qurilish texnikasi yo`l varaqalarini rasmiylashtirish;
- yo`l-qurilish texnikasiga yoqilg`i moylash materiallarini quyish;
- tibbiy ko`rikdan o`tish;
- yo`l-qurilish texnikasini ta`mirlash va texnik xizmat ko`rsatish;
- ichki mehnat tartib qoidalariga, mehnat muhofazasi yo`riqnomalariga va korxonaning ichki me`yoriy hujjatlariga rioya qilish.
Talablar:
- Buldozerni boshqarish guvohnomasi - buldozer mashinisti;
- «А», «В», «С», «D», «E» toifali gidrostatik transmissiya bilan jihozlangan o`ziyurar mashinalarni boshqarish guvohnomasi
- Ish staji buldozer mashinisti, yuk ortgich mashinisti, gildirakli ekskavator mashinisti kasbi bo`yicha 2 yildan kam bo`lmasligi lozim yoki traktorchi kasbi bo`yicha 3 yildan ortiq;
- o`rta yoki o`rta-maxsus ma`lumot.
Asosiy ko'nikmalar:
- Yo`l harakati havfsizligi qoidalari va yo`l-qurilish texnikasi ekspluatasiya qoidalarini bilish;
- xizmat ko`rsatuvchi yo`l-qurilish texnikasining qo`llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
- yo`l-qurilish texnikasidan foydalainish qoidalarini bilish;
- texnik xizmat ko`rsatish tartibi hamda yo`l-qurilish texnikasini garajda va ochiq avto turargohlarda saqlash qoidalarini bilish;
- yo`l transport hodisalarini oldini olish choralarini bilish;
- yo`l-qurilish texnikasidan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etishni va uning sabablarini aniqlashni bilish;
- ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi choralarini bilish;
Shartlar:
- Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
- hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 24-yanvardan 30-yanvargacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- mehnat daftarchasi;
- buldozerni boshqarish guvohnomasi.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB olish