Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33"Olmaliq KMK" AJ
Aksiyadorlik jamiyati (AJ)
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Аxborot xizmati “OKMK TV” telekanaliga quyidagi bo‘sh ish o‘rniga rezyumelar qabul qiladi.
1. Telekanal video-montajchisi
Vazifalar:
Talablar:
- “Adobe Premiere” dasturida video materiallarni montaj qilish;
- reklama va ijtimoiy ahamiyatga ega videoroliklarni montaj qilish;
- “After Effects” dasturida ishlash;
- “Adobe Audition” dasturida ovozni qayta ishlashni amalga oshirish;
- professional qurilmalar bilan ishlash, tasvirga olishni ham bilish.
Аsosiy qobiliyatlar:
- telekoʼrsatuvlar yaratish tartibini bilish va ijodiy yondashish;
- video tahrirlash tajribasi;
- eʼtiborlilikni kuchaytirish;
- syujetni yaratish ssenariysini ishlab chiqish;
- videotasvirga olishni bilish;
- topshiriqlarni oʼz vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni hal qilish;
- muloqot qobiliyatlari, harakatchanlik, stressga chidamlilik, punktuallik.
Shartlar:
- hamkorlikning keyingi shartlari ish jarayonida muhokama qilinadi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini taʻminlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yilning 15-20 fevral kunlari quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolg'on ma’lumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Ma’lumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB OLISH
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: