“Olmaliq KMK” AJ Texnik tizimlarning xavfsizligi xizmatiga (TTXX) quyidagi boʻsh ish oʻrinlariga rezyumelar qabul qilinad:
1. Videokuzatuv tizimlari guruhiga Xavfsizlik va yongʻin signalizatsiya tizimlari elektromontyori
Oylik maosh – OKMKda qabul qilingan yagona toʼlov setkasiga koʼra.
Ish staji: talab etilmaydi.
Bandligi: toʻliq ish kuni, uydagi navbatchilik.
Malakaviy talablar:
- Maʼlumoti-oʻrta-maxsus (oliy maʼlumot yanada yaxshi) bilishi;
- Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari bilan ishlash malakasi.
- Nazoratchilar bilan ishlay olish malakasi (dasturlash, sozlash).
- Lokal tarmoqlar bilan ishlay olish malakasi.
- Prinsipial elektr, boshqaruv va signalizatsiya sxemalarini ishlab chiqish malakasi.
- Prinsipial elektr va montaj sxemalarini oʻqish va montaj qilishda ishlata olish malakasi.
- Shaxsiy kompyuterdan yaxshi foydalana olish malakasi.
- VKT va kirishga ruxsat etish tizimi (SKUD)da ishlay olish malakasi.
- Xizmat safarlariga borishga tayyor ekanligi.
- Bilim olishga chanqoqlik.
Videokuzatuv tizimlari (VKT) guruhi Xavfsizlik va yongʻin signalizatsiya tizimlari elektromontyori ish vaqtida bajarishi shart:
- «Olmaliq KMK» АJ obyektlarida VKT oʻrnatish va sozlashi;
- navbatchilik jurnalidagi VKT tizimining kamchiliklari va nosozligi holatlari bilan tanishib turish;
- VKT tizimining tashqi holati va texnik holatini tekshirib turish;
- kontaktlarning toʻgʻri ulanganligi va tok manbaiga toʻgʻri ulanganligini tekshirib turish;
- ulanish korobkalari, tok manbai oʻchirgichlarining, avtomatlarining tumblerlarining holatlarini tekshirib turish;
- tashqi tekshiruv, VKT tizimi kameralari, videoregistratorlari va boshqa tasvirni uzatish jihozlarining texnik holatini tekshirib turish;
- oʻrnatish joyida kameralarni mahkam oʻrnatilganligini tekshirib turish;
- VKT tizimini asosiy tok manbai va rezerv tok manbaiga oʻtkazilgandagi ishonchli ishlashi holatini tekshirib turish;
- VKT tizimini toʻlaligicha ish holatini tekshirish, bunda tekshiruv ishlab chiqaruvchi korxonaning texnik xujjatlarida keltirilgan tartibda bajarilishi shart;
- barcha bajarilayotgan ishlar obyektda qabul qilingan texnika xavfsizligi toʻgʻrisidagi qoidalari va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga mos holatda bajarilishi zarur;
- ishlarni bajarishda «Isteʼmolchilarning elektrouskunalarini ishlatishda texnik foydalinish va xavfsizlik qoidalari»ga rioya etib bajariladi (ПТЭ и ПТБ);
Qoʻshimcha shartlar:
- hamkorlikning qoʻshimcha shartlari ish vaqtida muhokama etiladi.
2. Transport monitoringi guruhiga Nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatlashtirish sozlovchisi
Oylik maosh – OKMKda qabul qilingan yagona toʼlov setkasiga koʼra.
Ish staji: talab etilmaydi
Bandligi: toʻliq ish kuni.
Malakaviy talablar:
- Maʼlumoti- oʻrta-maxsus (oliy maʼlumot yanada yaxshi).
- Transport vositalarining agregatlari va elektr tarmoqlarining ishlash prinsipini bilish.
- Montaj va prinsipial elektr sxemalari uqiy olish malakasi.
- Elektrotexnika va elektr soxasini bilish.
- Kompyuterda oʻrtacha ishlay olish malakasi (Microsoft offise, Excel va drayverlar bilan ishlash).
- Dasturlashni bilish malakasi.
- Hisobotlar tuzishni bilish.
- Аxborot tizimlarini oʻrnata olish malakasi.
- Bilim olishga chanqoqlik.
- Doimiy ravishda xizmat safarlariga borishga tayyorlik.
- Oʻzbek va rus tillarini yaxshi bilish.
- Ingliz tilini bilishi inobatga olinadi.
Vazifalari:
- Belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish.
- Berilgan buyurtmalar va arizalar asosida telemetriya uskunalarini GPS oʻrnatish va texnik xizmat koʻrsatish ishlari.
- Kerakli texnik hisob-kitoblarni bajarish, oddiy sxemalarni ishlab chiqish, ularning texnik shartlarga, amaldagi standartlar va qoidalarga muvofiqligini taʼminlash.
- Obyektlardagi asbob-uskunalar va tizimlarni sozlash va eksperimental tekshirish.
- Tajriba va sinovlarni oʻtkazish, qurilmalarni ulash, kerakli xarakteristikalar va parametrlarni qayd etish.
- Bajarilgan ishlarning tavsifini, zarur texnik shartlarni, diagrammalarni, jadvallarni, grafiklarni, va boshqa texnik hujjatlarni tuzish.
Qoʻshimcha shartlar:
- hamkorlikning qoʻshimcha shartlari ish vaqtida muhokama etiladi.
Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 2-fevraldan 9-fevralgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.
Rezyumelarga biriktirish lozim:
- mehnat daftarchasi;
- diplom.
Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.
Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:
Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .
Rezyume YUKLAB olish