Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Texnologik transport boshqarmasining bo‘sh ish o‘rinlari

02 Avgust 2023, 8:11 9318

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli Texnologik transport boshqarmasining quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga rezyumelar qabul qilinadi.

1. Avtomobillarni ta`mirlash bo`yicha chilangari

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi.
  • Kerakli ish tajribasi: Avtomobillarni ta'mirlash bilan bog'liq mutaxassisliklar bo'yicha kamida 2 yil
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • Avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishga naryad olish;
  • transport butligini saqlash va ta'mirlash;
  • avtomobilga yoqilg'i moylash materiallarini quyish va almashtirish;
  • tibbiy ko'rikdan o'tish;
  • avtosamosvalni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish;
  • ish joyi va asbob-uskunalarni soz va toza holda saqlash.

Talablar:

  • o'rta yoki o'rta-maxsus ma'lumot (oliy ma'lumot ustunlikga ega)
  • avtomobillarni ta'mirlash bilan bog'liq mutaxassisliklar bo'yicha kamida 2 yil

Asosiy ko'nikmalar:

  • texnik jihozlarni ta'mirlash va texnik foydalanish qoidalarini bilish;
  • xizmat ko'rsatuvchi yuk avtomobillarining qo'llanishi, tuzilishi, harakatlanish prinsipi, agregat, mexanizm va qurilmalarning ish faoliyatini bilish;
  • batareyali akkumulyator va avtomobil shinalaridan foydalainish qoidalarini bilish;
  • foydalaniladigan asbob-uskuna, jihozlar, detal va agregatlarning markirovkasi, nomlanishini bilish;
  • ishlarni bajarishda mehnat muhofazasi va texnika havfsizligi qoidalarini bilish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

  

2. Elektr jihozlarni ta'mirlash bo'yicha chilangar-elektrik

  • Oylik ish haqi-faoliyat samaradorligiga qarab belgilanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: Elektrik mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifalar:

  • texnologik transport elektr qismlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatishga naryad olish;
  • texnologik transportning past voltli va yuqori voltli jihozlari va elektr tizimlarini ta'mirlash;
  • tibbiy ko'rikdan o'tish;
  • Ichki mehnat tartib qoidalari, mehnat havfsizligi yo'riqnomalari, korxona ichki me'yoriy hujjatlariga rioya qilish.

Talablar:

  • o'rta yoki o'rta-maxsus ma'lumot (oliy ma'lumot ustunlikga ega);
  • elektrik mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil.

Asosiy ko'nikmalar:

  • prinsipial elektrik sxemalarni o'qish va bilish;
  • ishlab chiqarish elektronikasini bilish;
  • shaxsiy kompyuterdan foydalanish;
  • akkumulyatorli batareyalardan foydalainish qoidalarini bilish;  
  • foydalaniladigan asbob-uskuna, jihozlar, detal va agregatlarning markirovkasi, nomlanishini bilish;
  • texnik xizmat ko'rsatish tartiblarini bilish;
  • iste'molchilarning elektr qurilmalarini texnik ekspluatasiya qilish qoidalari va iste'molchilarning elektr qurilmalarini ishlatishda havfsizlik qoidalarini bilish.

Shartlar:

  • Kelajakda ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzod uchun oylik ish haqi oshirish masalasi ko'rib chiqiladi;
  • hamkorlik uchun keyingi shartlar muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida  2023-yil 2-avgustdan 6-avgustgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • mehnat daftarchasi;
  • diplom

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatiga quyidagi elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar): stop.corruption@agmk.uz .

Rezyume YUKLAB olish 

Bo`lishmoq:
Text to speech