• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ventilyatsion tizimlarni ta`mirlash bo‘yicha usta

20 Oktyabr 2023, 14:28 730

“Olmaliq KMK” АJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi ventilyatsion tizimlarni ta`mirlash bo‘yicha usta lavozimiga rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi “Olmaliq KMK” AJ uchun yagona tarif stavkasiga muvofiq belgilanadi;
  • Talab qilinadigan ish tajribasi: muhandislik-texnik lavozimlardagi mutaxassislik bo'yicha kamida 1 yil;
  • Bandlik: to'liq ish kuni.

Vazifasi:

  • Ventilyatsiya, gazni tozalash, changni bostirish loyihalarini ishlab chiqadi, ventilyatsiya va chang-gaz holati bo'yicha hujjatlarni tuzish va yuritilishini ta'minlaydi, uskunalarni ta'mirlash ishlarini jadvalga asosan bajarilishini nazorat qiladi;
  • Ventilyatsiya uskunalarini o'rnatish va sozlashni tashkil etish va nazorat qilishda ishtirok etadi, ventilyatsiya uskunasining hisobini yuritadi, uning texnik holatini, ta'mirlash sifatini tekshiradi;
  • Ilg‘or mahalliy va xorijiy tajriba asosida ventilyatsiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • Havoning chang va gaz bilan ifloslanishini oldini olish va tahlil qilish bo'yicha ishlarni rejalashtirishda ishtirok etadi, havo harakatining miqdori va tezligini nazorat o'lchovlarini tashkil qiladi.

Talablar:

  • Yo`nalishi bo‘yicha oliy texnik ta’lim;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnik lavozimlarda kamida 1 yil ish tajribasi;
  • Davlat va rus tillarini ravon bilish (chet tilini bilish tavsiya etiladi).

Malaka talablari:

  • Ishchi jamoani boshqarish;
  • Hujjatlar bilan ishlash;
  • Ish sifatini nazorat qilishni amalga oshirish;
  • Ishlashni baholash;
  • Orgtexnika vositalaridan foydalanish;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • Shaxsiy kompyuter foydalanuvchisi darajasida ishlash.

Shartlar:

  • Kelgusida ushbu lavozimda muvaffaqiyatli nomzodning oylik maoshi va ijtimoiy nafaqalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi;
  • Hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

    Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida 2023-yil 21 oktyabrdan 9 noyabrgacha quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123  orqali yuboring.

    Rezyumelarga biriktirish lozim:

    • mehnat daftarchasi;
    • diplom

    Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

    Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

    Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech