Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Video kuzatuv tizimlari bo’yicha yetakchi muhandis

01 Iyul 2025, 13:18 1215

2025-yilning 1-iyuldan 15-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

   Talablar:

  • Oliy texnik ta’lim (axborot xavfsizligi, avtomatlashtirish, elektronika, telekommunikatsiyalar yoki IT sohasida);
  • Video kuzatuv va SKUD (kirishni nazorat qilish va boshqarish tizimtizimlarini) joriy etish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • IP video kuzatuv tizimlari hamda kirishni boshqarish tizimlarining arxitekturasi va ish printsiplarini chuqur tushunish;
  • Axis, Hikvision, Dahua, Bolid, Perco, ZKTeco va boshqa yetakchi ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy uskuna va dasturiy ta’minoti bilan ishlash tajribasi;
  • Xavfsizlik tizimlarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha normativ talablar (СП, ГОСТ, ТР ТС va boshqalar)ni bilish;
  • Video registratorlar, ma’lumotlarni saqlash serverlari, mijoz stansiyalari, uzoqdan kirish va arxivlash tizimlarini sozlash tajribasi;
  • Video kuzatuv va SKUD tizimlarini boshqa muhandislik tizimlari bilan integratsiyalash ko‘nikmalari (QYXS, hudud chegarasini muhofaza qilish va boshqalar);
  • Loyiha va bajarilish hujjatlarini, sxema va spetsifikatsiyalarni o‘qiy olish;
  • Video tizimlar va SKUD bilan ishlashda axborot xavfsizligi talablarini bilish.

Asosiy vazifalari:

  • Texnik topshiriqlar, tekshiruv aktlari, hisobot va ekspluatatsiya hujjatlarini tayyorlash tajribasi;
  • Video kuzatuv va SKUD tizimlari bo‘yicha texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • Texnologik xavfsizlik sohasidagi normativ talablar va standartlarga rioya qilishni nazorat qilish;
  • Video kuzatuv va kirishni boshqarish tizimlarini sozlash va optimallashtirish, ularning barqaror ishlashini ta’minlash;
  • Video kuzatuv va SKUD tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
  • Favqulodda tiklash rejalarini va ma’lumotlarni zaxiralash tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

Ko'nikmalar:

  • Tarmoq protokollari va infratuzilmasi bilan ishlash tajribasi (TCP/IP, VLAN, PoE, VPN va boshqalar);
  • Profil sertifikatlarga ega bo‘lish (Axis, Milestone, Bolid, Hikvision va boshqalar).

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech