Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Vilkali yuk ortuvchi xaydovchisi

16 Iyul 2025, 9:47 1341

2025-yilning 16-iyuldan 18-iyulga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Majburiyatlar:

  • Vilkali yuk ortuvchini boshqarish va uning barcha mexanizmlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash;
  • Vilkali yuk ortuvchi va uning mexanizmlariga o'z vaqtida texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlashni amalga oshirish;
  • Yuk ko'tarish moslamalarini o'rnatish va almashtirish;
  • Vilkali yuk ko'taruvchi va uning qismlarini rejali ta'mirlash;
  • Vilkali yuk ko'taruvchining pasportidagi ko'rsatmalarga muvofiq texnik xizmat ko'rsatish va foydalanish.
  • Yuzaga kelgan muammolar haqida tegishli jurnalga yozuvlar kiritish, rahbariyatga hisobot berish va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
  • Haydovchi vazifalariga shuningdek, vilkali yuk ko'taruvchi to'xtash joyi va ta'mirlash joyining tozaligini saqlash javobgarligi kiradi.

Talablar:

  • Vilkali yuk ko'taruvchini nazariy va amaliy tayyorgarlik kursini tamomlagan, imtihon topshirgan va tegishli sertifikat olgan 18 yoshdan oshgan shaxslar boshqarishi mumkin;
  • Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 1 yil ish tajribasiga ega.

Asosiy qobiliyatlar:

  • Vilkali yuk ko'taruvchining konstruktiv va texnik parametrlari;
  • Har xil turdagi transportlarda yuklarni ortish va tushirish xususiyatlari;
  • Bevosita boshliqning, shuningdek korxona rahbariyatining farmoyishlari va ko‘rsatmalari;
  • Fabrika ichki mehnat qoidalarining xususiyatlari;
  • Mehnat qonunchiligining asosiy qoidalari haqida tushunchaga ega bo'lish;
  • Vilkali yuk ko'taruvchi haydovchisining amaldagi ish yo‘riqnomasi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik qoidalari;
  • Yuklarni joylashtirish va taxlashda xavfsizlik qoidalari;
  • Mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarni bartaraf etish rejasi;
  • Mehnatni muhofaza qilish choralari.

Shartlar:

  • Ish jarayoni davomida hamkorlikning keyingi shartlari muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech