Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Yetakchi muhandis-texnolog ishlab chiqarish texnik boʻlimi

04 Iyun 2025, 14:14 933

2025-yilning 4-iyundan 13-iyunga qadar, “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

  • Talab qilinadigan ish tajribasi: foydali qazilmalarni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish tajribasi kamida 3 yil

Vazifalari:

  • Fabrikaning xavfsiz, ritmik ishlashi asosida belgilangan hajm va sifat talabida mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha tasdiqlangan rejaviy koʻrsatkichni bajarish.
  • Sexlar va fabrikaning umumiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilish.
  • Fabrikaning samarali ishlashini taʼminlaydigan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va bajarilishini ta’minlash.
  • Ichki zaxiralardan foydalanish, xomashyodan kompleks foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish asosida mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish.
  • Sogʻliqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni taʼminlash menedjmenti tizimining faoliyatini ish holatida saqlash va uni doimiy ravishda yaxshilanishini taʼminlash.
  • Foydali qazilmalarni boyitish fabrikasi, ishlab chiqarish-texnik boʻlim boshligʻining yozma va ogʻzaki buyruqlarini va koʻrsatmalarini bajaradi;
  • Ishlab chiqarish faoliyatini barqarorlashtirish, mahsulot sifatini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ishlarni tezkor tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi;
  • Fabrikada texnologik intizomga rioya etilishini va texnologik uskunalarning toʻgʻri ishlashini nazorat qiladi;
  • Ishlab chiqarish rejalarini bajarilganligini boʻlinmalar boʻyicha tahlil qiladi;
  • Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshiradi;
  • Texnologiyani takomillashtirish va ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha tavsiya va takliflar kiritadi;
  • Ishlab chiqarish texnologiyasi sohasidagi ilgʻor ichki va xorijiy tajribani oʻrganadi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishda ishtirok etadi;
  • ISO 9001 sifat menejmenti tizimi boʻyicha texnik hujjatlarning saqlanishini nazorat qiladi;
  • Yuqori tashkilotlar hujjatlarini, "Olmaliq KMK" AJ rahbariyatining buyruqlari, koʻrsatmalari va farmoyishlarini oʻz vaqtida nazorat qilish va ijro etish ishlarini olib boradi.

Talablar:

  • Ish tajribasi: foydali qazilmalarni boyitish fabrikalarida kamida 3 yil;
  • Oliy ma’lumotli texnik taʻlim yoʻnalishida;
  • Davlat va rus tillarida ravon soʻzlasha olish;
  • Fabrikaning texnologik koʻrsatkichlarini bilish;
  • Texnik hujjatlashtirish standartlarini bilish;
  • Boyitish fabrikasi faoliyatiga talluqli boʻlgan qonunlar, metodik adabiyotlar, hujjatlashtirishni bilishi shart.
  • Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash boʻyicha va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, qonunchilik, uslubiy va meʼyoriy materiallarni.
  • Korxona sexlari, bo‘limlarining ixtisoslashuvi va tuzilishini.
  • Korxonaning texnik rivojlanish istiqbollari.
  • Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va ishlab chiqarish texnologiyasini.
  • Asosiy texnologik jihozlar va ularning xususiyatlarini.
  • Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati rejaviy koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini.
  • Uskunaning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik tavsiflari va ish rejimlarini.
  • Mahsulotni texnologik tayyorlashni rejalash tartibi va usullarini.
  • Xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotlarga qoʻyiladigan texnik talablarni.
  • Xomashyo, materiallar, yoqilgʻi, energiya sarfi me’yorlarini.
  • Sifat-miqdoriy va suv sarfi sxemalarini hisoblashni bilish;
  • Fabrika texnologiyasida qoʻllaniladigan reagentlarning kimyoviy xususiyatlarini bilish;
  • Korxonaning tuzilishi, ishlab chiqarish va uning boʻlinmalari oʻrtasidagi funktsional aloqalarni bilish;
  • Texnik hujjatlarni ishlab chiqish va bajarish tartibi toʻgʻrisidagi bilimlar.
  • Ishlab chiqarish texnologik jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklarni hal qilishda maqsadli harakatlarni amalga oshirish qobiliyati;
  • Barcha sex va boʻlimlarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan ishini tashkillashtirish;
  • Ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini prognozlash;
  • Hujjatlar bilan ishlash, mustaqil ravishda yozma fikr bildirish;
  • Mustaqil qarorlar qabul qilish;

Asosiy koʻnikmalar:

  • Barcha birliklarning oʻzaro muvofiqlashtirilgan ishlarini muvofiqlashtirish;
  • Ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini rejalashtirish;
  • Hujjatlar bilan ishlash, mustaqil ravishda yozma fikr bildirish, metodika tavsiyalar berish qobiliyati;
  • Muzokara olib borish, mustaqil qarorlar qabul qilish;
  • Tashkiliy ishlar;
  • Shaxsiy kompyuterda foydalanuvchi darajasida ishlash;
  • Ishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
  • Ofis jihozlaridan foydalanish;
  • Oʻz fikrlarini aniq va ravshan ifoda etish, ishlab chiqarish masalalari boʻyicha operativ yigʻilishlar oʻtkazish;
  • Mineral boyitishni oʻrganish va qazib olish;
  • Ishlarning sifat nazoratini amalga oshirish;
  • Word, Excel dasturlarida ishlash qobiliyati;

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech