Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Telekanal yetakchi muharriri

15 Oktyabr 2025, 15:11 356

2025-yilning 16-oktyabrdan 26-oktyabrga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Axborot xizmatiga quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi.

  • Oylik ish haqi - «Olmaliq KMK» АJ tarif setkasi boʼyicha aniqlanadi;
  • Kerakli ish tajribasi: 3 yil
  • Ish bilan taʼminlash: toʼliq ish kuni (8 soat).

Vazifalar:

  • Tayyorlangan televizion mahsulotlarni rus va o’zbek tillarida matnini tahrirlash, badiiy jihatdan boyitishni ta'minlash;
  • Tayyorlangan mualliflik va informatsion dasturlarning tasvirlari grafikasini yuqori sifatli ishlanishini ta'minlash, nazorat qilish;
  • Materiallarning telekanal dasturlari uchun badiiy, adabiy, sifat va qonunga zid emasliligi jihatidan yaroqliligini aniqlash;
  • Dasturlarni tayyorlashda mehnat unumdorligini oshirish;

Talablar:

  • Ma'lumoti: oliy (jurnalistika, filologiya fakulteti).
  • Ish tajribasi: Mutaxassisligi bo'yicha kamida 3 yil.
  • Rus va o’zbek tillarini mukammal bilish.

Аsosiy qobiliyatlar:

  •  Matnlar va syujetlarni tahrirlash;
  • Video tahrirlash tajribasi;
  • Televizion dasturlarni tayyorlash;
  • Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;
  • Тopshiriqlarni oʼz vaqtida bajarish, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan muammolarni hal qilish;
  • Мuloqot qobiliyatlari, harakatchanlik, kreativlik, nutqi ravonligi, stressga chidamlilik, punktuallik.

Shartlar:

  •  hamkorlikning keyingi shartlari ish jarayonida muhokama qilinadi.

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltirilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvoffaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).

Bo`lishmoq:
Text to speech