• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish
Kompaniya haqida asosiy ma’lumotlar
Kompaniyaning to'liq nomi

"Olmaliq KMK" AJ

Tashkiliy-huquqiy shakl

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)

Aloqa qiluvchi shaxsning elektron pochtasi
info@agmk.uz
Kompaniya veb-sayti
https://www.agmk.uz

Ozuqa bloki mudiri

05 Mart 2025, 11:33 1871

2025-yilning 5-martdan 11-martga qadar, “Olmaliq KMK” AJ Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasiga quyidagi yoʻnalish boʻyicha rezyumelar qabul qilinadi:

Malaka talablari:

  • Ma'lumoti, mutaxassisligi Oliy ma`lumot,Qishloq xo`jaligi yo`nalishi bo`yicha.
  • Ozuqani qabul qilish saqlash,oziqlantirish texnikalarini bilish, хujjatlar bilan ishlash, kompyuter dasturlaridan foydalanish, xisobotlar tayyorlash.
  • Mutaxassislik bo‘yicha ish staji -3 yil.

Vazifalari:

  • Ozuqa tayyorlash uchastkasiga  yem-xashaklarni  qabul qilish, tortish, saqlash va ozuqa tayyorlash blokidan  yem-xashaklarni oʻrnatilgan tartibda  fermaga berish.
  • Ozuqa berishda zootexniya va veterinariya qoidalariga rioya qilish.
  • Berilayotgan ozuqaning  soniga va taqsimlash qoidalariga rioya qilish.
  • Mehnat  unumdorligini oshirish va ozuqa tannarxinikamaytirish.
  • Ozuqani qabul qilishda,tayyorlash va taqsimlashda  uning sifatiga eʼtibor berish.
  • Qabul qilingan va fermaga berilayotgan  ozuqalarning hujjatlarga muvofiqligini tekshirish.

Ish tarkibi:

  •  Ozuqani  qabul qilish, tayyorlash va fermaga berish  tartib qoidalariga rioya qiladi;
  •  Oziqlantirish tartibiga, saqlash  usullariga amal qiladi;
  •  Ozuqalarni qabul qilish, taqsimlash, tayyorlash  va saqlashda ilgʻor qishloq xoʻjaligi  korxonalari ishining ilgʻor usullarini qoʻllashni  taʼminlash boʻyicha ishlarni olib boradi;
  •  Ozuqa tayyorlash blokidagi mavjud boʻlgan barcha turdagi yem-xashaklarning blokdagi harakatini roʻyxatga olish orqali qatʼiy  hisobini yuritadi;
  •  Ozuqalarni aralashtirish va taqsimlash standartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  •  Ozuqa tayyorlash  qurilmalarining toʻligʻicha ishlatilishini, material va ehtiyot qismlardan, xom ashyodan, elektr energiyasidan tejab foydalanishni  doimiy nazorat qiladi.

Bilim va ko‘nikmalarga talablar:

  • Hujjatlar bilan ishlash (hisobot berish).
  • Ozuqa blokidagi  moddiy  boyliklarni hisobga olish, saqlash, harakatlanish qoidalari va shuningdek  ularga qoʻshimcha  hujjatlar berish qoidalarini.
  • Qishloq   xoʻjaligi ishlab chiqarishdagi yem-xashakdan foydalanish, ozuqalarni tayyorlash va saqlashga oid qarorlar, farmoyishlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni.
  • Asosiy ozuqa meʼyorlarini, ularning qiymati, ozuqalarni tayyorlash va saqlash usullarini, chorva mollarining boqish tartiblarini.
  • Ozuqa tayyorlash uchastkasi   barcha uskunalarining  xarakteristikasini.
  • Inventarizatsiya oʻtkazish  qoidalarini
  • Ozuqalar turlari va ularning isteʼmol normalarini.        
  • Yuklash va tushurish ishlarini tashkil etishni.
  • Omborxona xoʻjaligini yuritish tartib qoidalarini. 

Qabul qilingan rezyumelarni koʻrib chiqishning xolisligini ta’minlash uchun, ularni koʻrib chiqish va malaka talablari/mezonlariga muvofiqligini baholash maqsadida quyidagi havolada keltitilgan forma https://ahds.agmk.uz:8443/ords/f?p=123 orqali yuboring.

Rezyumelarga biriktirish lozim:

  • pasport;
  • mehnat daftarchasi;
  • diplom.

Diqqat! Yuqoridagi tanlov talab va mezonlariga javob bermaydigan, shuningdek, ataylab yolgʻon maʻlumotlarga ega, qayta yuborilgan, xatolar (tahrirlar) va tuzatishlar bilan toʻldirilgan nomzodlarning Rezyume/Maʻlumotnomalari chetlashtiriladi (diskvalifikatsiya qilinadi) va tushuntirishsiz koʻrib chiqilmaydi.

Tanlovlardan muvofaqiyatli oʻtib, kombinatda ish boshlagan fuqarolarga “Olmaliq KMK” AJ Jamoa shartnomasida koʻzda tutilgan barcha ijtimoiy imtiyozlar kafolatlanadi:

Izoh: Agar siz ishga qabul qilish jarayonida korrupsion xarakterdagi faktlarga duch kelsangiz, zudlik bilan kombinatning Komplayens-nazorat xizmatining stop.corruption@agmk.uz elektron pochta manziliga xabar yuboring (tasdiqlovchi hujjatlar va ilovasi bilan (audio/video yozuvlar va boshqalar).         

Bo`lishmoq:
Text to speech