"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 09Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Qadrli va muhtaram quruvchilar, soha faxriylari!
Sizlarni kasb bayramingiz — Quruvchilar kuni bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi va shaxsan o'z nomimdan chin qalbdan muborakbod etaman.
Quruvchilik — bu nafaqat yuksak mahorat, balki sharafli va fidokorona mehnat namunasidir. Bugun sizlarning bunyodkorlik salohiyatingiz, matonatingiz va o'z kasbingizga bo'lgan sadoqatingiz tufayli kombinatimiz hamda butun yurtimiz misli ko'rilmagan rivojlanish bosqichiga qadam qo'ymoqda.
Bugun kombinat tarkibidagi Kapital qurilish va loyiha ishlari boshqarmalari, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti hamda Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi xodimlarining yuksak bunyodkorlik salohiyati, matonati va o'z kasbiga bo'lgan sadoqati tufayli kombinatimizda ulkan qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Biz jonkuyar va zahmatkash bunyodkorlar, loyihachilar va me'morlarning mehnat faoliyatidagi jasoratlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Qisqa muddatlarda yuqori texnologik va strategik ahamiyatga ega bo'lgan Kovuldi oltin saralash fabrikasining bunyod etilishi sizlarning yuksak professionalizmingizning yaqqol misolidir. Rux zavodida qurilishi yakuniga yetayotgan yangi sulfat kislotasi sexi ham sohaga zamonaviy bilim va tajribalar keng tatbiq etilayotganidan dalolat bermoqda.
Sizlarning fidokorona mehnatingiz bilan nafaqat sanoat korxonalari, balki insonlar salomatligi va madaniy hordig'i uchun xizmat qiluvchi muhim ijtimoiy obyektlar ham qad rostlamoqda. Jumladan, Zomin tog'larining so'lim go'shasida bunyod etilgan zamonaviy dam olish maskanida bugun kombinat ishchilari maroqli hordiq chiqarishmoqda. Angren shahrida esa sizlarning fidoiy mehnatingiz bilan Dukent sport va madaniyat saroyi butunlay yangi qiyofa kasb etdi. Shahrimizdagi o'nlab boshqa ijtimoiy inshootlar ham sizlarning zahmatli mehnatingiz, qalb qo'ringiz mahsulidir.
Sizlar tomondan qo'yilayotgan har bir g'isht, barpo etilayotgan har bir bino OKMKning bugungi va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.
Ushbu qutlug' ayyomda sizlarga va oila a'zolaringizga mustahkam sog'liq, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Yurtimiz ravnaqi va kombinatimiz qudratini oshirish yo'lidagi olijanob hamda mashaqqatli mehnatingizda zafarlar yor bo'lsin!
Bayramingiz muborak bo'lsin, aziz bunyodkorlar!
Abdulla Хursanov,
“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, sеnator